Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Talabalarga

Yo'riqnoma

5A320310 - TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOATI MASHINALARI XAMDA APPARATLARI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI

 Magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish; tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, paxta sanoati mashinalari va jihozlari tizimining har xil turlarini ishlab chiquvchi va ulardan kompleks masalalarda foydalanuvchi, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida kompleks masalalarni echish

Magistrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:

- to’qimachilik va yengil sanoati texnologik mashinalar va jixozlarining detallari, uzellari, mexanizmlari, ishchi organlari, ta’mirlash uskunalari, nazorat qilish jixozlari;

- to’qimachilik va yengil sanoati texnologik mashina, mexanizm va jixozlarini diagnostikalash;

- texnik xizmat ko’rsatish va renovatsiya (tiklash) texnologiyalari;

- to’qimachilik va yengil sanoati texnologik mashinalari va jixozlarini ilmiy tadqiqot qilishi.

 (Mutaxassislik bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat ob’yektlarida qo’shimcha va o’zgarishlar bo’lishi mumkin)

5A410501 - QISHLOQ XO’JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASH VA DASTLABKI ISHLASH TEXNOLOGIYASI (MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI) MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI

Magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: ishlab chiqarishda meva-sabzavot maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash; meva-sabzavot maxsulotlari sifati va assortimentini , shuningdek qayta ishlashda tayyor mahsulot chiqishini oshirish maqsadida xom ashyo, energetika va moddiy texnika resurslaridan oqilona foydalanish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish

Magistrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:

- meva-sabzavot maxsulotlari tayyorlash va saqlash jarayonlari;

- meva-sabzavot maxsulotlariga dastlabki ishlov berish va qayta ishlash jarayonlari;

-ilmiy-tadqiqot jarayonlari;

-loyihalashtirish jarayoni.

 (Mutaxassislik bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat ob’yektlarida qo’shimcha va o’zgarishlar bo’lishi mumkin)

5A320901 - TO’QIMACHILIK XOM ASHYOLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI (YIGIRISH TEXNOLGIYASI) MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI

Magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish; ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog’liq akademik, tabiiy tolalardan ip yigirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot markazlari; “O’zbekyengilsanoat” DAK tasarrufidagi korxonalar, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlar majmuini qamraydi.

Magistrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:

- xom ashyoni yigirishga tayyorlash jarayonlari;

- to’qimachilik sanoati maxsulotlarini ishlab chiqarishda ip yigiruv texnologik jarayonlari;

- me’yoriy-texnik xujjatlar, xom ashyo, xomaki va tayyor maxsulotlarni me’yoriy-texnik rasmiylashtirish va tekshirish usullarini ishlab chiqish;

- Ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog’liq akademik , ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlari.

 (Mutaxassislik bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat ob’yektlarida qo’shimcha va o’zgarishlar bo’lishi mumkin)

5A321202 - TABIIY TOLALARNI DASTLABKI ISHLASH TEXNOLOGIYASI (PAXTA) MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI

 Magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish; tarmoq ilmiy-tatqiqot institutlarida, “O’ZPAXTASANOAT” uyushmasi , viloyat “PAXTASANOAT” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va ularga qarashli paxta tozalash korxonalari , O’zbekiston “SIFAT’’ markazi va unga qarashli viloyat hududiy bo’limlari, “PAXTASANOAT ilmiy markazi” da kompleks masalalarini yechish.

 Magistrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:

- chigitli paxtani tozalash, quritish tehnologiyasi va jihozlari;

- tola ajratish , tolali mahsulotlarni tozalash tehnologiyasi va jihozlari;

- chigitni tozalash, linterlash tehnologiyasi va jihozlari;

- tolali mahsulotlarni toylash jarayoni tehnologiyasi va jihozlari

 (Mutaxassislik bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat ob’yektlarida qo’shimcha va o’zgarishlar bo’lishi mumkin)

5A320407 - KIMYOVIY TEHNOLOGIYA JARAYONLARI VA APPARATLARI (NOORGANIK VA ORGANIK ISHLAB CHIQARISH BO’YICHA) MAGISTRATURA MUTAHASSISLIGI

Magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’limi muassasalarida mutahassislikka oid fanlarni o’qitish, tarmoq ilmiy – tatqiqot institutlarida, “O’ZKIMYOSANOAT’’AJ da, kimyo sanoatiga tegishli mahsulotlarni (noorganik va organik ishlab chiqarish), hamda qurilma va apparatlarni ishlab chiqarish korxonalarida kompleks masalalarini yechish.

Magistrlar kasbiy faoliyatlarining ob’yektlari:

- magistrlar kasbiy faoliyatlarining ob’yektlari;

- noorganik va organik sanoati turli qurilma va apparatlari;

- kimyo sanoati mashina apparatlarini ishlab chiqarish tehnologiyalari;

- kimyo sanoatidagi jarayonlarni, qurilmalar va apparatlarni loyihalash.