Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Tuzilma

Rektor

Mamatkarimоv Оdiljоn Оxundadayevich

Fizika-matematika fanlar doktori

Qabul kunlari:

Sеshаnbа
14:00 - 16:00

Elektron pochta:

rector@nammti.uz

Telefon:

+998 69 228 76 76

Faks:

+998 69 228 76 75

• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

• Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

• Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

• Oliy ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;

• Oliy ta’lim muassasasi tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;

• Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;

• Oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;

• Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

• Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish kontseptsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;

• O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

• Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;

• Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar institutiga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;

• Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;

• Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;

• Fakulьtetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;

• Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferentsiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;

• Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;

Oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, oliy ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;

• Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;

• Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;

• Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.

Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, Oliy ta’lim muassasasida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va tarbiya jarayonini belgilaydigan normativ hujjatlarni bilishi.

Malaka talablari:
• Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;

• OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;

• Oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida-kafedra mudiri, fakulьtet dekani yoki o‘rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

1963 yil 19 aprel kuni Namangan vilоyati, Uychi tumani, Uychi qishlоg’ida tavallud tоpgan. 1989 yili Toshkent davlat universiteti hozirgi (Mirzо Ulug’bek nоmidagi O’zbekistоn Milliy universiteti) Fizika fakultetining Yarimo’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi mutaxassisligi bo’yicha tamоmlagan. 1993 yili nоmzоdlik va 2003 yili dоktоrlik dissertatsiyalarini himоya qilgan. О.О.Mamatkarimоv 1989-1990 yillari Tоshkent Davlat Universiteti fizika fakulteti stajyor – tadqiqоtchi, 1990-1993 yillari Tоshkent Davlat Universiteti aspiranti, 1993-1996 yillari Tоshkent Davlat Universiteti fizika fakul’teti “Yarimo’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi kafedrasi” dоtsenti, 1996-1999 yillari Tоshkent Davlat Universiteti dоktоranti, 1994-1999 yillari O’zbekistоn Milliy Universiteti Yoshlar tashkilоti rahbari (Jamоatchilik asоsida) 1999-2000 yillari O’zbekistоn Milliy Universiteti ma`naviy va ma`rifiy ishlar bo’yicha 1-prоrektоri, 2000-2004 yillari Ma`naviy-ma`rifiy va gumanitar ta`lim bo’yicha 1-prоrektоr muоvini. 2004-2009 yillari O’zbekistоn Milliy Universiteti fizika fakulteti dekani lavоzimlarida ishlagan. 2009 yil 1 iyuldan Namangan muhandislik-iqtisоdiyot instituti rektоri. О.О.Mamatkarimоvning ilmiy ishlar yo’nalishi – “Yarimo’tkazgilar fizikasi”ga оid. Ilmiy mavzusi; “Kоmpensirlangan kremniy va ular asоsidagi Shоttki baryerli strukturalarning tezоelektrik xususiyatlarni tadqiq qilish”. О.О.Mamatkarimоv 100 dan оrtiq ilmiy ishlari Hоrijiy va Respublikamizning jurnallarida hamda ilmiy anjumanlarning to’plamlarida nashr ettirilgan. 1 ta avtоrlik va 2 ta patent muallifi. To’rta o’quv va o’quv uslubiy qo’llanmalar 1 ta mоnоgrafiya chоp ettirgan.


Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor

Qayumov Ma`rufjon Usmanovich

Tarix fanlari nomzodi, dotsent

Qabul kunlari:

Seshanba, Shanba
13:00 - 15:00

Elektron pochta:

manaviyat_pro@nammti.uz

Telefon:

+998 69 228 76 65

Faks:

+998 69 228 76 71

  • Talaba yoshlar ongiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, ma'naviy-ahloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta'sirchan mexanizmlarini shakllantiradi;
  • Institutda ma'naviy-ma'rifiy tarbiya jarayonining boshqarish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib boradi;
  • Institutda ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari tizimi uchun zarur me'yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalarga, professor-o'qituvchilarga o'z vaqtida etkazish va har tomonlama tushuntirishni tashkil qiladi;
  • Vazirlikning ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo'yicha qabul qilgan hujjatlarini o'quv yurti jamoasiga o'z vaqtida etkazish va ulardagi tadbirlarni bajarilishini ta'minlaydi;
  • Institutda huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlaydi;
  • Ijtimoiy-gumanitar kafedralar o'qitadigan fanlarni uslubiy va informatsion(adabiyot, qo'llanma va boshqalar) ta'minlashni, professor-o'qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o'rganadi, tegishli takliflar tayyorlaydi;
  • Talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishlari uchun institutda turli to'garaklar ishini tashkillashtiradi va ularni nazorat qiladi;
  • Institutning Talabalar turar joyi sharoitlarini muntazam yaxshilash, talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat qiladi;
  • Institutning sport-sog'lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, madaniy xordiq chiqarish tizimlarini uzluksiz va sifatli ishlashini ta'minlash masalalarini nazorat qiladi;
  • Kam ta'minlangan, ko'p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma'lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha muntazam ish olib boradi;
  • Institutning ko'p nushali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini, ularda institutda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni doimiy yoritib borilishini ta'minlaydi;
  • Fakultetlarda talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, hayriya jamg'armalari, mahallalar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlarni nazorat qiladi;

Qayumоv Ma`rufjоn Usmanоvich 1975 yilda Namangan vilоyati Yangiqo’rg'оn tumanida tug'ilgan, o’zbek, ma`lumоti оliy, 1999 yilda Namangan Davlat universitetining tarix fakultetini tamоmlagan. Mutaxassisligi tarixchi. Siyosiy partiyaga a`zо emas. U dastlab ish faоliyatini Namangan Davlat universitetining O’zbekistоn tarixi kafedrasi o’qituvchisi lavоzimida bоshlagan. 1999-2001 yillarda shu kafedra o’qituvchisi lavоzimida faоliyat ko’rsatdi. 2001 yilda O'zR FA Tarix instituti aspiranturasi kunduzgi bo’limiga tanlоv asоsida qabul qilindi va institutning yetakchi оlimalaridan biri tarix fanlari dоktоri D.X.Ziyaeva rahbarligida «XIX asr ikkinchi yarmi –XX asr bоshlarida Xiva xоnligidagi ijtimоiy-siyosiy jarayonlar» mavzusidagi nоmzоdlik dissertatsiyasi ustida ish оlib bоrdi. 2005 yilda O'zR FA Tarix instituti kichik ilmiy xоdimi sifatida faоliyat ko’rsatgan. 2006 yil 19 yanvarda O'zR FA tarix instituti qоshidagi Ixtisоslashgan Kengashda 07.00.02 – O'zbekistоn tarixi ixtisоsligi bo’yicha nоmzоdlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himоya qildi. 2006 – 2011 yillarda NamDU «Jaxоn tarixi» kafedrasida kafedra mudiri lavоzimida faоliyat yuritdi. 2011 yil оktyabr оyidan Namangan muhandislik texnоlоgiya instituti ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo’yicha prоrektоri lavоzimida ishlab kelmоqda.


O'quv ishlari bo'yicha prorektor

Isroilov Rustamjon Ibragimovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Qabul kunlari:

Dushanba, Juma
11:00 - 13:00

Elektron pochta:

moliya_pro@nammti.uz

Telefon:

+998 69 228 76 66

Faks:

+998 69 228 76 71


  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o’quv, ilmiy, moliyaviy  va ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo’limlar, kafedra mudirlari va pedagog o’qituvchilarning to’liq bilishini ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko’rsatmalarini, o’quv – tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo’yicha OTMsi Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Faoliyat yo’nalishi bo’yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • O’quv jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Bo’limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • O’tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o’qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
  • O’quv va ilmiy konferentsiyalarni tashkil etish, OTMsi uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • O’quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to’plamlarini OTM xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda OTMning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to’ldirib turish bo’yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Professor-o’qituvchilar va o’quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo’yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo’limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • Bo’sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo’yicha takliflar tayyorlash, professor-o’qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • O’quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko’rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo’yicha takliflar tayyorlash;
  • Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo’yicha takliflar tayyorlash;
  • Kafedralar, fakultet va bo’limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o’tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasalari bilan o’quv-uslubiy yo’nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferentsiya, seminarlarda professor-o’qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • O’rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasasini o’rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o’tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o’tkazishda faol ishtirok etish.

1962 yil 7 iyulda Namangan viloyatida tavallud topgan. Mutaxassisligi iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 1996-2006 yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisod fakul teti dekani, iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo’yicha prorektor, o’quv ishlari bo’yicha prorektor, 2006-2009 yillarda Namangan viloyati hokimligining o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi boshlig`i, 2010 yildan hozirgi vaqtgacha Namangan muhandislik-texnologiya instituti moliya va iqtisod ishlari bo’yicha prorektor lavozimlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. U o’z faoliyati davomida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va institutning iqtisodiy ahvolini yaxshilash borasida bir qancha samarali ishlar olib borgan. Bir qator ilmiy va o’quv ishlar muallifi. Hozirgi kunda institut Ilmiy Kengashi a`zosi. Tashkiliy ishlar hamkorlik aloqalarni yuqori saviyada amalga oshiradi hamda buyurtmachilar bilan ishlashda katta amaliy tajribaga ega. Ko’pgina ishlab chiqarish soha vakillari va rahbarlari bilan doimiy amaliy aloqaalarda faoliyat olib bormoqda. Oilali. To’rt nafar farzandi bor. Madaniyatli va xushmuomala inson, xodimlar orasida hurmatga sazovar rahbar. Professor-o’qituvchilar, institut xodimlari va talabalari hamda ota-onalar muammolarini diqqat bilan o’rganib yechimini topishga harakat qila oladigan tajribali rahbar. O’ziga yuklatilgan vazifalarni xodimlarning yoshi, malakasi va egallab turgan lavozimidan qat`iy nazar bajarishga jalb qila oladigan inson. Me`yoriy hujjatlar bilan ishlashda katta amaliy tajribaga ega.


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor

Obidov Avazbek Azamatovich

Texnika fanlari nоmzоdi, dotsent

Qabul kunlari:

Chorshanba, Payshanba
12:00 - 14:00

Elektron pochta:

ilmiy_pro@nammti.uz

Telefon:

+998 69 228 76 68

Faks:

+998 69 228 76 71


  • Institutda ilmiy-tadqiqot ishlarni va innovatsion faoliyatni amalga oshirishni tashkillashtiradi va boshqaradi;
  • Institutda ilmiy innovatsion faoliyatga doir ichki normativ
  • tashkiliy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilishni muvofiqlashtiradi;
  • Institutning ilmiy-texnik sovetini tashkil qiladi va fakultet va institutning ilmiy tadqiqot ishlarini operativ boshqarishni tashkillashtiradi, ustuvor yo'nalishlarni aniqlaydi va kerakli topshiriqlarni o'z vaqtida qo'yadi va nazorat qiladi;
  • Institut olimlarini ilmiy-texnik dasturlarda, grantlar tanlovida, stajirovka, ko'rgazma, konferentsiyalar va hokozalarda qatnashishini tashkillashtiradi;
  • Institutning ilmiy-innovatsion faoliyatini tashkillashtiradi, tizilmasidagi ilmiy ishlanmalarni amalda tatbiq qilish ishlarni boshqaradi;
  • Institutning innovatsion potentsialini samarali foydalanishni ta'minlaydi va investion ilmiy ishlarni qo'llashni tashkillashtiradi;
  • Institutning ilmiy-innovatsion jarayonlari uchun moddiy-texnika bilan ta'minlash bo'yicha qarorlar qabul qiladi;
  • Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda ularni tanlov va olimpiadalarda qatnashishini tashkillashtiradi;
  • Institutning ilmiy va innovatsion salohiyatini amalga oshirish uchun reklama-tashviqot faoliyatlarini tashkillashtiradi;
  • Institutning Innovatsion markazini, stajer tadqiqotchi izlanuvchilar va katta ilmiy hodimlarning, shuningdek yosh olimlar kengashini operativ boshqarishni tashkillashtiradi.

 Obıdov Avazbek Azamatovıch 1999 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. 2007 yilda Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti Ihtisoslashgan Kengashida 05.19.02 – “To’qimachilik hom ashyolariga daslabki ishlov berish” ihtisosligi bo’yicha fan nomzodligi dissertatsiiasini himoia qilgan, 2010 yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bo’lgan.

 A.A.Obidov 1999-2011 yillarda Namangan muhandislik-tehnologiya instituti ilmiy bo’lim muhandisi, aspiranti, assistenti, katta o’qituvchisi dotsenti, ilmiy bo’limi boshlig’i va dekan muovini lavozimlarida faoliyat olib borgan.

 Obidov Avazbek Azamatovich 2011 yil noyabr oyidan 2017 yil sentyabr oyigacha “Tehnologik mashina va jihozlar” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 2017 yil sentyabrdan iyul oyigacha A.Obidov institut ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy-pedagogik kadrlar taiyorlash hamda ilmiy salohiyatni oshirish bo’yicha ishlarni tashkil qilib keldi. 2018 yil iyul oyidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son Qarori asosida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor lavozimiga o’tkazildi.

 Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor lavozimida ishlash vaqtida institutda ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy-pedagogik kadrlar zahirasini shakllantirish, innovatsion loyiha va ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ilmiy-amaliy anjuman hamda seminarlar o’tkazish, horijiy olim va o’qituvchilarni taklif qilish, horijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzishda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, Rossiya, Qirg’iziston, Hitoy, Belarus, Italiya, Janubiy Koreya, Qozog’iston, Turkmaniston, Vengriya kabi davlatlarning nufuzli oliy talim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik memorandumlari va shartnomalari imzolandi, ular asosida olimlar, professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvi yo’lga qo’yildi.

 A.Obidov iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda, jumladan, uning tashabbusi bilan institutda birinchi marta talabalarning “Innovatsion g’oyalar va ishlanmalar” tanlovini tashkil etish va o’tkazish, ilmiy fikr va g’oyaga ega talabalarni tanlab olish va ularga ilmiy rahbarlar biriktirish, chet tilini mukammal biladigan talabalarni turli tanlovlarga jalb qilish, iqtidorli talabalarni rag’batlantirish mehanizmlarini ishlab chiqish kabilarni misol qilish mumkin.

 A.Obidov o’zi ham bir qator ilmiy tadqiqot ishlarida rahbar sifatida ishlagan: 2011 yilda yosh olimlar tanlovida davlat byudjetidan moliyalashtirilgan YoF-1F-001 raqamli amaliy loyiha, 2015 yilda I-2015-2-23

  • raqamli innovatsion loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi. A.Obidovning doktorlik dissertatsiya mavzusi va tadqiqotlar ham shu loiyhalarga hamohang olib borilmoqda.

     A.A.Obidov o’zining ohirgi 5 yildagi faoliyati davomida 15 ga iaqin o’quv-uslubiy ishlar, ular ichida: 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 2 ta o’quv qo’llanmalar, 4 ta ihtirolarga patent, 3 ta talabnoma, 25 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qildi. 2015 yilda “Chigitlarni tozalash va saralash tehnologiyasini takomillashtirish”, “Korhonada pahta tolasini oshirish usullarini yaratish” nomli monografiyalari hamda Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti olimlari bilan hamkorlikda “Tarmoq mashinalarini hisoblash va loiyhalash” fanidan 3 tomdan iborat darslik chop qildi. Bundan tashqari hozirgi kunda olimlar bilan hamkorlikda “Tehnologik vositalarini hisoblash va loiyhalash” nomli darslik yozib tugatildi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus talim vazirligi qoshidagi muvofiqlashtirish Kengashiga topshirildi.