Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Kafedralar

Umumtexnika fanlari kafedrasi

Kafedra haqida

“Umumtexnika fanlari” kafedrasi 1975 yilda Namangan o‘quv maslahat bo‘limidagi yagona kafedra sifatida tashkil topgan.

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilarining tarkibida 6 nafar fan nomzodlari (shundan 3 nafari dotsent), 3 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafar assistent va 2 nafar texnik xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati 34 % ni tashkil etadi.

2018 yildan shu kunga qadar kafedra mudiri lavozimini texnika fanlari nomzodi, dotsent Maxsudov Po’latjon Maxsudovich boshqarib kelmoqda


Kafedra mudiri

Maxsudov Po’latjon Maxsudovich

Kafedra manzili:

NamMTI 6–binо

Elektron pochta:

pulat.maxsudov@mail.ru

Telefon:

+99891 352 42 00

Faks:

+99869 228 76 71


  • Maxsudov Po‘latjon Maxsudovich - kafedra mudiri
  • Isaxanov Xamidxon - dotsent
  • Karimov Abdusamat - katta o‘qituvchi
  • Baxriddinov Sayfiddin -
  • Baxriddinov Sayfiddin - dotsent
  • Axmedov Burxoniddin - dotsent
  • Abduqaxxarov Zoxidjon - dotsent
  • Xaydarov Xabibillo - katta o‘qituvchi
  • Dadaxanov Nurilloxon - dotsent
  • Raximov YAxyoxon - katta o‘qituvchi
  • Abduraxmonov Muxtorjon - katta o‘qituvchi
  • Amanov Azamatjon - katta o‘qituvchi
  • Aliev Botirjon - assistent
  • Azambaev Muxammadjon - assistent
  • Jumanazarova Zuxraxon - assistent
  • Usmanov SHuxratjon - assistent
  • Xolmirzaev Farxodjon - assistent
  • Xuramova Xadicha - assistent
  • Xasanova SHoira - assistent
  • Xalikov Shokirjon - Muxandis-texnolog
  • Navtaeva Dilrabo - laborant
 Kafedrada quyidagi innovatsion va amaliy loyiha ilmiy-texnik dastur bo‘yicha davlat grantlari bajarilmoqda:

 1.Dotsent X.Xaydarov rahbarligida I-OT-2017-2-10. “Paxta chiqindilari tarkibidagi yigiruvga yaroqli tolalarni ajratib olish qurilmasi” mavzusi bo‘yicha 2017-2018 yillarga rejalashtirilgan amaliy loyiha bajarilmoqda. Loyihani moliyalashtirish (joriy yil uchun) – 76191mln. so‘mni tashkil qiladi. Loyihani bajarishda kafedra assistenti B.Aliev – texnik lovozimida va kabinet mudiri SH.Xalikov muhandis lavozimlarida qatnashmoqdalar

 2.Dotsent A.Mamaxanov rahbarligida YOOT Atex-2018-93 “O‘simliklardan yog‘ ishlab chiqarish texnologik mashinalari yuritmalaridagi zanjirli uzatmalari resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini hisoblash” mavzusi bo‘yicha 2018-2019 yillarga rejalashtirilgan amaliy loyiha bajarilmoqda. Loyihani moliyalashtirish (joriy yil uchun)– 38000 mln. so‘mni tashkil qiladi.

 Professor-o’qituvchilar har yili O’zMU, TTESI, TKTI, ToshDTU va FarDU qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazlarida o’z mutaxassisligi bo’yicha malakalarini oshirib malaka attestatiga ega bo’lishmoqda.

 Kafedra professor-o‘qituvchilari Respublika va viloyat miqiyosida o’tkaziladigan Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

 Ilmiy-pedagogik hamkorlik to‘g‘risida Rossiyaning Ural Davlat kasbiy pedagogika universiteti, Ural Davlat iqtisodiyot universiteti, Ural Davlat agrar universiteti, Qozon agroinjinerlik Universiteti bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Mazkur shartnomalar asosida kafedra professor-o’qituvchilari hamkorlik ishlarini olib bormoqdalar.

 Kafeda respublika fanlar akademiyasi, Mexanika instituti, O‘zMU, TAYI, TTESI, TIQXMMI, Fan va taraqqiyot ilmiy markazi, TKTI, TDTU, NamMQIlari bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib borishmoqda

 Kafedrada professor-o’qituvchilari va kafedra tasarrufidagi akademik guruhlar talabalari institutda o’tkazilayotgan turli madaniy-ma`rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelishmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari o’zlariga biriktirilgan akademik guruhlarda murabbiylik- ma`naviyat soati darslari bilan bir qatorda ular bilan “Talabalar turar joyi”da doimiy ravishda turli ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o’tkazib kelishmoqda. Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari maqsadida kafedrada fan to’garagi, talabalar turar joyida kafedra kuni tadbirlari tashkil etilgan

 Kafedra professor-o‘qituvchilari institut va “Muhandislik-texnologiya” fakulteti miqyosida o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib keladilar. Xususan, O‘zbekiston mustaqilligi kuni, YAngi yil bayrami, Navro‘z bayrami, Namangan shahrida o’tkaziladigan an’anaviy gullar bayrami, 8-mart xotin-qizlar bayrami, 9-may xotira va qadrlash kuni, Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda, hamda institut xududini obodonlashtirish ishlarida doimo faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan 7 kishi gurux ustozlari etib tayinlangan bo‘lib, Ustoz-shogird Nizomiga asosan faoliyat yuritmoqdalar. Kafedraga talabalar turar joyida biriktirilgan xonalarni shuningdek, u erda yashaydigan talabalarni holati muntazam nazorat qilib boradilar.

 Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv yili davomida institut hududida va talabalar turar joyida belgilangan jadval asosida navbatchilik qilib kelmoqdalar.