Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Kafedralar

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi

Kafedra haqida

 «Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi» mutaxassislik kafedrasi bo‘lib 2013 yil sentyabr oyida tashkil etilgan. Kafedraga asos solinganidan buyon u ancha kengaydi, rivojlandi, zamonaviy o‘quv qurollari, asbob-uskunalar va moslamalar bilan jihozlandi.

Hozirga kelib, kafedra professor-o‘qituvchilari 13 nafarni tashkil qiladi, ulardan 3 nafari fan doktori, professor, 5 nafari fan nomzodi, dotsentlar. Kafedrada 5321200 – “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va 5A321202 – “Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash” mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlar tayyorlanmoqda.

 “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari Mashinalarni loyihalash, Korxonalarni loyihalash, Urug’lik chigit tayyorlash texnologiyasi, Paxtani daslabki ishlash texnologiyasi, Konstruktsion materiallar texnalogiyasi, Tabiiy tolalarni daslabki ishlash, Resurstejamkor paxta tozalash texnologiyasi, O’zaroalmashinuvchanlik asoslari, Mahsulot sifatini aniqlash va sertifikatlash fanlaridan bakalavrlarga dars berib kelmoqdalar.


Kafedra mudiri

Sarimsaqov Olimjon Sharifjonovich

Kafedra manzili:

NamMTI 7–binо,
1–qavat

Elektron pochta:

Olimjon5008@mail.ru

Telefon:

+99899 979 60 08

Faks:

+99869 228 76 71


  • Sarimsaqov Olimjon Sharifjonovich - kafedra mudiri
  • Axmedxo`jaev Xamid Tursunovich - professor
  • Muradov Rustam Muradovich - professor
  • Tojiboyev Muxammadjon Axmadjonovich - dotsent
  • G`oyibnazarov Egamnazar Eryigitovich - dotsent
  • Azimov Samad Solijanovich – Dotsent
  • Abdurahimov Komiljon Karimovich – Katta o`qituvchi
  • Umarov Akmal Akparaliyevich – Katta o`qituvchi
  • Sarimsaqov Akramjon Usmanovich – assistant
  • Sharipov Xayrullo Numonjonovich – assistant
  • Rejabboyev Soxib Tojimirzayevich – assistant
  • Isayev Shahboz Shavkatjanovich – assistant
  • Ortiqova Kamola Insopaliyevna – assistant
  • Obilov Bahodir Vaxobjon o`g`li – Kabinet muduri
  • Muxsinov Ibrohim Ismoiljon o`g`li – Laborant
  • Sultonov Otabek Saxobiddin o`g`li – Laborant
 Kafedrada asosiy shtatda 13 nafar professor-o‘qituvchi bo‘lib, ulardan 3 nafari fan doktori, 3 nafari fan nomzodlari Respublika ilmiy –texnik dasturlaridagi «Energetika, energiya va resurstejamkorlik, transport, mashina va asbobsozlik» yo‘nalishiga mos quyidagi:
  • Paxtani dastlabki ishlash jarayonida tolasi bor chigitlarni ajratib olish va tola chiqishini ko‘paytirish;
  • Arrali tola ajratish mashinasida ishlab chiqarilayotgan tola va chigitlarning sifatini yaxshilash;
  • Lint tarkibidan yigirishga yaroqlik tolalarni ajratib olish;
  • CHigitli paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalashda zamonaviy qurilma yaratish;
  • Tola ajratish va tolasi ajratilgan chigitlarga ishlov berish texnologik jarayonini takomillashtirish kabi ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar. Bu ilmiy tadqiqot ishlarida kafedraning barcha a’zolari ishtirok etadilar.

 Kafedrada hozirgi kungacha bir qancha ilmiy loyihalar va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarib kelinmoqda.

 Jumladan, R.Muradov rahbarligida 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan A-3-122 raqamli “Paxtaning tabiiy xususiyatlariga ta’sir qilmasdan mayda iflosliklardan tozalaydigan qurilmani yaratish” mavzusida amaliy loyiha va M.Tojiboev rahbarligida IOT-2016-2-9 raqamli “Jin mashinasida xom-ashyo valigi zichligini rostlovchi va elektr energiya tejovchi moslamalarni ishlab chiqarishga joriy etish” mavzusida innovatsion loyiha bajarildi hamda X.T.Axmadxo‘jaev rahbarligida BA-A3-013 raqamli “Energiya tejamkor resurso tejamkor bir kamerali ikki silindrli jinni tadqiq qilish va yaratish” mavzusida innovatsion loyiha bajarilmoqda. O.Sarimsakov Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari yuqoridagi loyihalarda ishtirok etdi.

 Kafedra tomonidan “Paxtani daslabki ishlash texnologik jarayonlari” plakatlarini viloyatdagi barcha paxta tozalash korxonalariga tayyorlanib berildi va 6 mln. so‘m tushirildi.

 Ilmiy-tadqiqotlar bilan professor –o‘qituvchilarni qamrab olish darajasi 100%.
 «Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash” kafedrasida 2018 yilda ishlab chiqarish korxonalari bilan innovatsion hamkorlik borasida 1 ta innovatsion guruh faoliyat ko‘rsatdi. Innovatsion guruh kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar o‘zlarining ilmiy yo‘nalishlariga, BMI va MD ga mos holda paxta tozalash korxonalari bilan amalga oshirildi.

 Mazkur innovatsion guruhlar faoliyati borasida viloyatdagi barcha paxta tozalash korxonalari va Farg‘ona hamda Andijon viloyatlarining 6 ga yaqin paxta tozalash korxonalari bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirdilar. Innovatsion guruhlarda tarkibi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, korxona vakillari hamda iqtidorli talabalardan iborat bo‘ldi.

 Ushbu hamkorlik aloqalari asosida ishlar olib borilishi vaqtida, kafedra a’zolari tomonidan xo‘jalik shartnomalari, davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlangan loyihalar, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, 10 ga yaqin ixtirolarga patentlashga izlash ishlari bajarildi, Respublika va viloyat miqyosidagi ilmiy yarmarkalarda, bir nechta ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etildi.

 Ayniqsa, viloyatimizdagi paxta tozalash korxonalari bilan amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovor. Jumladan, korxona texnika va texnologiyalarini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida amaliy, yosh olimlar, innovatsion loyihalar muvaffaqiyatli yakunlandi.

 Bundan tashqari innovatsion hamkorlik natijasida 65 nafar bitiruvchi o‘zining diplom loiyhasi va magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

 Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25-avgustdagi, Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi PQ-451-sonli qarorini ta’minlash borasida 2017-2018 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida ishlar olib borildi. Kafedrada va guruhlarda hamda “Talabalar turar joyi”da turli tadbirlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha bayonnomalar tayyorlanib, olib borilgan ishlar bo‘yicha hujjatlar papkasini tashkil qilingan.Kafedramizda 8-mart halqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan bayram va bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxoni juda ham fayzli bo‘ldi. Kafedra mudiri M. Tojiboev va kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari kafedradagi ayol-qizlarni va oila a’zolarini 8-mart halqaro xotin-qizlar bayrami bilan qizg‘in tabrikladi hamda ularga baxt-saodat, sog‘lik-salomat, omad tiladi. Insititutimiz tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan talabalar o‘rtasida OSH ko‘rik tanlavi va bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxoni tashkil etildi. Bunda TTDIT ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 8bu-14 talabasi J.Raxataliev ishtirok etib faollik ko‘rsatdi. O‘nlab turdagi PALOV larni tayyorlandi. Ko‘rik tanlovda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari, ta’lim yo‘nalishi talabalari ham dam olib, bayramimizni chiroyli nishonlashishdi. Insititutimiz tomonidan tashkil etilgan bayram ko‘rgazmasi va bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxoni juda ham fayzli bo‘ldi. Bunda kafedramiz tomonidan juda faollik ko‘rsatildi. O‘nlab turdagi bahoriy taomlarni tayyorlandi. Saylda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari, ta’lim yo‘nalishi talabalari ham dam olib, bayramimizni chiroyli nishonlashishdi. Kafedra mudiri dots. M. Tojiboev kafedraning barcha professor-o‘qituvchilarini, texnik xodimlarni va ular orqali oila a’zolarini Navro‘z bayrami bilan qizg‘in tabrikladi hamda sog‘lik-salomat, omad tiladi. SHu bilan birga institut rektorining, fakultet dekanining va kafedralarning hamda sohamizdagi ishlab chiqarish korxona va tashkilotlardan kelgan bayram tabrigini etkazdi. Mustaqilligimizning sharofati bilan mamlakatimizda barcha sohalar bo‘yicha yuksalishi bugungi kunda xalqimizning tinch, farovon yashashiga imkoniyatlar yaratdi. Buni mamlakatimizda Navro‘z bayramini tantanalar bilan nishonlash, xalqimizning ko‘tarinki kayfiyatdaligi bilan ham ko‘rishimiz mumkin. CHunonchi, shahrimizning Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etilgan bayram saylida ham e’tirof etildi. 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan kafedramiz bir qator talabalari guruh murabbiylari bilan birgalikda Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari, Mehnat faxriylari, nogiron va kam ta’minlangan oilalarga tashrif buyurib, ularning hollaridan xabardor bo‘lib ko‘ngil olib qaytishdi. “TTDIT” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan II-jahon urushi qatnashchisi Uchqo‘rg‘on tumani YAshiq QFY Bog‘ ko‘cha 2-uyda istiqomat qiluvchi Tursunpo‘lat bobo Abduraxmonov xonadoniga tashrif qildilar. Hozirda bobo 96 yoshlarini 8 ta farzand, 27 nafar nevara va 38 ta chevara davrasida nafaqa nashidasini surmoqdalar. Urushdan so‘ng nafaqagacha paxta tayyorlov punktida texnolog, keyin maktabda o‘qituvchi va MFY raisi bo‘lib davlatimizga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Barcha farzandlarini oliy ma’lumotli qilib tarbiyalanganlar. YUqorida ushbu qilingan tashrifdan lavhalar keltirilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarining ijtimoiy himoyalashni shakllantirish va ularda yuksak ishchi muxitini rivojlantirish maqsadida ularning ijtimoiy xolati to‘g‘risida ma’lumotlar jamlanmasi kafedarada va har bir guruh murabbiylari tomonidan tayyorlangan