Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Kafedralar

Tillar kafedrasi

Kafedra haqida

 "Tillar" kafedrasi 1992 yilda tashkil etilgan bo'lib, hozirgi kunda uni filol.f.d Xoshimova Dildora Madaminovna boshqarmoqda. Kafedra a'zolari talabalarga ingliz, nemis, rus va o'zbek tili fanlaridan saboq beradilar. Bugungi kunda mazkur kafedrada Amerika, Germaniya, Xitoy, Malayziya, Koreya va boshqa bir qator chet el oliygohlarida ishlagan, oqigan, malaka oshirgan va qayta tayyorlovdan o'tgan professor - o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqdalar. Kafedra oqituvchilari 100 dan оrtiq uslubiy qo'llanma va uslubiy ko'rsatmalar tayyorlab chоp ettirdilar.

 Ilmiy izlanishlarga ham alohida e'tibor berilgan. Kafedra qoshida ingliz, nemis va rus tillaridan to'garaklar muntazam faoliyat ko'rsatmoqda. Unda 100 ga yaqin talabalar darslardan so'ng ishtirok etib, til bo'yicha o'z bilimlarinin oshirmoqdalar. Hоzirgi kunda kafedra Germaniyaning DAAD (Nemis Akademik Almashinuv Xizmati) tashkiloti, Go'te instituti, va Germaniya, AQSH, Angliya elchixonalari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Natjada institutimizning bir qator iqtidorli talabalari Germaniyaning nufuzli shaharlarida malaka oshirmoqdalar.

 2010 yili kafedra qоshida "komputerlashtirilgan till o'rganish xonasi" tashkil etilgan bo'lib, kampyuterlarga chet ellarda tuzilgan TOEFL, ILTES testlari, electron darsliklar, ingliz tilini o'rganish bo'yicha video darslar kiritilgan. Tinglovchilar mashg'ulotlardan tashqari paytlarda mustaqil tarzda testlar ham echadilar. Shu tariqa ular kamputer savodxonliklarini ham oshiradilar. Kafedraga til o'rganish uchun murojaat qilgan talaba va o'qituvchi va aspirantlarning bir necha nafari Chexiyada, Shvetsiyada va boshqa mamlakatlarda aspiranturada ilmiy izlanish olib bormoqda, boshqalari esa chet el va Respublikamizning ko'zga ko'ringan oliygohlarida tahsil olmoqdalar.


Kafedra mudiri

Xoshimova Dildora Madaminovna

Kafedra manzili:

NamMTI 1–bino,
3–qavat

Elektron pochta:

dxoshimova@mail.ru

Telefon:

(99893) 264 78 10

Faks:

(+99869)2287675


  • Xoshimova Dildora Madaminovna- kafedra mudiri, filol.f.d
  • Negmatov Mirzahakim - f.f.n., dotsent
  • Sherg'oziyev Shuhrat Sheraliyevich- katta o'qituchi
  • Kayumov Sharibboy - katta o'qituvchi
  • Idrisaliyeva Lyubov Aleksandrovna - katta o'qituvchi
  • Axunbabaeva Nargiza Hamidjanovna - o'qituvchi
  • Nazirova Oygul Muxitdinovna - o'qituvchi
  • Azamov Sayfulbot Muxamadalievich - o'qituvchi
  • Ismailov O'sarjon Usubjonovich - o'qituvchi
  • Karimov Mamurjon Abdulxaevich - o'qituvchi
  • Xaydarova Sarvinoz Zuxriddinovna - o'qituvchi
  • Ergasheva Hilola Yunusxanovna - o'qituvchi
  • Abdullaeva Shaxnoza Akbaralievna - o'qituvchi
  • Yuldashev Mansurjon Alijanovich - o'qituvchi
  • Sherg'oziyava Ra'no - o'qituvchi
  • Yunusova Nilufar Maxmudjon qizi - o'qituvchi
  • Musaeva Gulnora Abdulxamidovna - o'qituvchi
  • Turaboeva Xakima Usmonjon qizi - o'qituvchi
  • Karimov Marufjon Mamirjonovich - o'qituvchi
  • Ibragimova Nilufar Tuychiyevna - o'qituvchi
  • Karimova Nigoraxon Usmonovna - kabinet mudirasi


Kafedra katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori Xoshimova Dildora Madaminovnaning Yaponiya Milliy Ilmlar akademiyasi akademigi Eyji Mano va Xalqaro Jamoat fondi raisi professor Zokirjon Mashrabov bilan hamkorlikdagi faoliyatidan.


AQShlik o‘qituvchi Benjamin Erensteyn “Chet tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Co-teaching” dasturi asosida faoliyat olib bormoqda.