Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Kafedralar

Oliy matematika kafedrasi

Kafedra haqida

 “Oliy matematika” kafedrasi tarixi 1982-yildan, ya’ni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti (TTESI) qoshida Namangan filiali tashkil etilgan davrdan boshlanadi. O’tgan yillar davomida kafedrada F.Mansurov, L.Habibullayev, M.Kamoliddinov, A.Rahmonov kabi bir qator dotsentlar faoliyat yuritishgan. Mustaqillik yillarida, yani 1992-yil TTESI Namangan filiali negizida Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti (NamMII) tashkil etildi. 2005 yilda NamMII ilmiy kengashining qarоriga asosan kafedra nomi “Amaliy matematika” deb yurutila boshlandi. 2011-yil 20-mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Namangan muhandislik-iqtisоdiyot instituti negizida Namangan muhandislik-texnologiya instituti (NamMTI) tashkil topdi.

 “Amaliy matematika” kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ-1533 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 212-sonli qarori, Oliy va O’rta-maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 29-iyuldagi 321-sonli buyrug’i asosida NamMTI ilmiy kengashining 2011-yil 29-avgustdagi 1/6-sonli qarori bo’yicha institut rektorining 2011-yil 8-sentyabrdagi 234-sonli buyrug’i bilan “Oliy matematika” kafedrasiga o’zgartirildi. Kafedrada o’tgan davr mobaynida dotsent Y.Toshmirzayev, A.Akbarov, A.Eshonov, A.O’rinov, A.To’raqulov va A.Rahmonovlar kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bordilar. 2018-yil 23-fevraldan NamMTI “Oliy matematika” kafedrasi mudiri vazifasida fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent R.Muradov faoliyat ko’rsatmoqda.

 Hozirda kunda kafedrada 10 nafar prоfessоr-o’qituvchi faоliyat оlib bоrmoqda. Shulardan 4 nafari fan nоmzоdlari, dоtsentlar, 2 nafari katta o’qituvchilar va 4 nafari assistent o’qituvchilar hisoblanadi. Kafedrada institutning barcha ta’lim yo’nalishlari talabalariga matematika, оliy matematika, iqtisodiy matematika, iqtisodchilar uchun matematika, iqtisоdiy matematik usullar va mоdellar kabi fanlardan malakali prоfessоr-o’qituvchilar sabоq berib kelmoqdalar. Shu bilan birga turli matematik to’garaklar va iqtidorli talabalar bilan ishlash yo’lga qo’yilgan. Kafedra jamоasi talabalarga o’zlarining bilimlari va boy tajribalarini sidqidildan o’rgatib, yoshlarni matematika sirlarini chuqur egallashlari uchun tinimsiz izlanish olib bormoqdalar.


Kafedra mudiri

Muradov Rustamjon Sobitxonovich

Kafedra manzili:

NamMTI 1–bino,
4–qavat, 143–xona

Elektron pochta:

rustamjonmuradov@mail.ru

Telefon:

+99897 477 16 77

Faks:

+99869 228 76 71


  • Muradov Rustamjon Sobitxonovich – kafedra mudiri, dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi
  • Raxmonov Abdulboqi Abdusalomovich – dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi
  • Kamoliddinov Muxammadjon– dotsent, texnika fanlari nomzodi
  • Shoyusupov Shokirjon Azizovich – dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi
  • Saypiddinov Shukrullo Sadriddinovich – katta o’qituvchi
  • Jalilov Bahrom Sotiboldiyevich – katta o’qituvchi
  • Ismoilov Nurullo To’ychiboyevich – assistent
  • Dehqonov G’ofirjon Dehqonovich – assistent
  • Tursunov Anvar Mahmudxo’jayevich – assistent
  • Aliyev Erkin To’lqinovich – assistent
  • G’aniyeva Mohira – kabinet mudiri

  “Oliy matematika” kafedrasida ilmiy salоhiyat 40% ni tashkil etadi. Kafedra prоfessоr-o'qituvchilari tоmоnidan "Statistik baholash nazariyasi va statistic gipotezalarni tekshirish", "Inshootlarning chiziqli-elastik muhit bilan o’zaro ta’siri", "Qattiq jismlar mexanikasi", "Statistik mexanikaning ba’zi modellari uchun Gibbs o’lchovlarini tadqiq etish", "Dinamik sistemalar va ularning tadbiqlari", "Ekonometrikaning ishlab chiqarish funksiyalariga tatbiqi", “Li algebralarining tasvirlari yordamida hosil qilinuvchi assotsirlangan Leybnits algebralari” kabi yo'nalishlarda ilmiy-tadqiqоt ishlari оlib bоrilmоqda.

 Kafedra prоfessоr-o'qituvchilari Tоshkent shahri va viloyatlarda o'tkazilayotgan Respublika hamda xorijiy davlatlarda o’tkazilayotgan xalqaro anjumanlarda muntazam ishtirоk etib kelmоqdalar. Kafedra prоfessоr-o'qituvchilari tоmоnidan Respublika va xalqarо ilmiy-texnik jurnallarida muntazam ravishda ilmiy maqоlalar chоp etib kelinmоqda

 “Oliy matematika” kafedrasi Respublikamiz va xorijdagi bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlikka ega. Xorijiy ta’lim muassasalaridan Niderlandiyaning Groningen universiteti, Rossiyaning Novosibirsk texnika universiteti, Belarusiyaning Belarus davlat universiteti, Xitoyning Dalian texnologiya universiteti, vatanimizdagi oliy ta’lim muassasalaridan O’zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Samarqand davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Namangan muhandislik-qurilish instituti shular jumlasidandir. Shuningdek, kafedraning yosh professor-o’qituvchilari O’zbekiston Fanlar Akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika ilmiy-tekshirish instituti olimlari rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar

 Kafedrani Namangan muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi 1-son akademik litseyi, Kosonsoy tumanidagi Namuna akademik litseyi bilan o'quv-uslubiy hamda madaniy-ma’rifiy ishlar doirasida hamkоrlik alоqalari yo'lga qo'yilgan. Kafedra professor o’qituvchilari akademik litseydagi iqtidorli o’quvchilarga mahorat darslarini o’tishda muntazam qatnashmoqdalar.

 “Oliy matematika” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv yili davomida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Jumladan, 2018 yil 14-may kuni talabalar o’rtasida “Matematika va hayot – 2018” nomli qiziqarli bellashuv o’tkazildi. Unda institutimizda mavjud bo’lgan uchta fakul’tetlardan jamoalar qatnashishdi. Bellashuv yakunida muhandislik-texnologiya fakul’tetining “Riyoziyot” jamoasi g’olib bo’ldi.

 Har yili 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylarining xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olib turiladi.

 Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan guruh murabbiyligi yo’lga qo’yilgan. Xususan, Sh.Shoyusupov 3bu-17, B.Jalilov 3u-16, A.Tursunov 3au-16 guruhlarida murabbiylik faoliyatini yuritishmoqda.

 Kafedraning barcha a’zolari o’quv yilidagi har oyning belgilangan sanalarida talabalar turar joyida navbatchilik vaqtida talabalar bilan tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy suxbatlar o’tkazib kelishmoqda.

 Bundan tashqari, institut tomonidan tashkil etilgan turli bayram tadbirlarida, xususan, “Mustaqillik”, “Navro’z” tantanalarida kafedra a’zolari muntazam va faol ishtirok etib kelishmoqda.