Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Kafedralar

Manzarali bog'dorchilik va ko'kalamzorlatish kafedrasi

Kafedra haqida

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2017 yil 7-8 iyulь kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonnomasining 45-bandida Namangan viloyatida gulchilikni rivojlantirish, shu jumladan, bu sohada Koreya respublikasi mutaxassislari bilan hamkorlik qilish, viloyatda gulchilikni rivojlantirishni ilmiy asosda o‘rganish, Namangan muhandislik-texnologiya instituti qoshida kafedra tashkil etish, har tuman xokimligi huzurida gulchilik bo‘limlarini tashkil etish kabi taklif, tavsiya va topshiriqlarini qayd etilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Namangan viloyatida gulchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 16 oktyabrda qabul qilingan 830-sonli qarori, O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 20 oktyabrdagi 778-sonli buyrug‘lari ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektorining 625-sonli buyrug‘iga asosan 2018 yil 30 avgustda institut tarkibida yangi “Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish” kafedrasi tashkil qilindi.

  “Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 5411200- Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish ta’lim yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlaridan ma’ruza, tajriba va amaliyotlarda muntazam ravishda o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.


Kafedra mudiri

Misirova Surayyo Abdumutalovna

Kafedra manzili:

NamMTI 3–bino,
3–qavat

Elektron pochta:

samisirova@mail.ru

Telefon:

+99894 165 05 94

Faks:

+99869 228 76 71


  • S.A.Misirova-kafedra mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  • B.Axmedov-kafedra dotsenti, texnika fanlari nomzodi
  • A.Nasriddinov-kafedra dotsenti, texnika fanlari nomzodi
  • N.Melanova-kafedra katta o‘qituvchisi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  • A.Amanov-kafedra katta o‘qituvchisi
  • O.Husanova-kafedra katta o‘qituvchisi
  • I.Qurbonov-kafedra assistenti

 Kafedraning asosiy shtatida 6 ta professor-o‘qituvchilar o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini olib boradilar. Ilmiy salohiyat 66,7% ni tashkil qiladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi uch yilda 2 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi va PhD diplomlarini olishga erishildi. Kafedrada asosan manzarali o‘simliklarning fitopatologiyasi, entomologiyasi, biologiyasi va genetikasi kabi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi uch yilda nufuzli yuqori impakt faktorli jurnallarda 8 ta (Agricultural sciences, Biological sciences, Biosciences and biotechnology, Botany and scientific research, Applied science, Microbiology kabi ilmiy jurnallar), OAK e’tirof etgan respublika jurnallarida 20 ta hamda xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda 50 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan. 1 ta monografiya nashr qilingan.

 “Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish” kafedrasi quyidagi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tekshirish institutlari va tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy hamkorliklar olib borishmoqda:
1. Toshkent davlat agrar universiteti
2. O‘zbekiston milliy universiteti
3. Andijon qishloq xo‘jaligi instituti
4. Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti
5. Toshkent o‘rmonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
6. O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti
7. Botanika va o‘simliklar mikrobiologiyasi instituti
8. Biofizika ilmiy-tekshirish instituti
9. Namangan viloyati gulchilik markazi
10. Toshkent viloyati va Namangan shahridagi bir qator gulchilik fermer xo‘jaliklari
11. Namangan viloyati o‘rmonchilik qo‘mitasi va boshqalar.