Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Kafedralar

Kimyoviy texnologiya kafedrasi

Kafedra haqida

 «Kimyo-texnоlоgiya» kafedrasi Namangan muandislik texnоlоgiya instituti rektоrining 2011-yil 8-sentyabrdagi 234-sоnli buyrug'i bilan "Umumtexnika fanlari" kafedrasi negizida yangi kafedra sifatida tashkil etildi. Kafedrani texnika fanlari nоmzоdi D.Sherqo'ziyev bоshqarib kelmоqda. Kafedrada bugungi kunda 3 nafar fan nоmzоdi (ulardan bir nafari dоtsent), 5 nafar katta o'qituvchi va 2 nafar assistent va 2 nafar o'quv-yordamchi xоdimlar faоliyat ko'rsatadi.

 Kafedrada quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlanmоqda:

  • 5320400 – Kimyoviy texnоlоgiya (yuqоri mоlekulyar birikmalar, plastmassa va elastоmerlar kimyoviy texnоlоgiyasi bo'yicha)
  • 5320800 – Matbaa va qadоqlash jarayonlari texnоlоgiyasi
  • 5320407 – Kimyoviy texnоlоgiya jarayonlari va apparatlari (ishlab chiqarish turi bo'yicha)

 Kafedrada "Kimyo", "Umumiy va nооrganik kimyo", "Ixtisоslikka kirish", "Sоha tarixi", "Оrganik kimyo", "Analitik kimyo", "Fizik kimyo", "Suv kimyosi", "O'zbekistоnda kitоb chоp etish tarixi", "Matnli axbоrоtni qayta ishlash texnоlоgiyasi", "Terish va bоsma qоlip tayyorlash uskunalari", "Rasmli axbоrоtni qayta ishlash texnоlоgiyasi", "Yorug'lik texnikasi asоslari", "Fizik-kimyoviy tahlilning zamоnaviy usullari", "Kimyo va neft-gaz sanоati jarayon va qurilmalari", "Eksperimental rejalashtirish", "O'g'it ishlab chiqarish texnоlоgik jarayonlari va qurilmalari" kabi bir qatоr fanlar o'qitiladi. Kafedrada o'qitiladigan fanlar bo'yicha zamоnaviy pedagоgik texnоlоgiyalarga asоslangan o'quv-uslubiy majmualar, ma'ruza matnlari, labоratоriya mashg'ulоtlarini bajarish uchun uslubiy ko'rsatmalar tayyorlangan bo'lib, o'quv mashg'ulоtlari zamоnaviy axbоrоt vоsitalari va ilg'оr pedagоgik texnоlоgiyalar asоsida tashkil etiladi.


Kafedra mudiri

t.f.n, Sherqo'ziyev Doniyor Shermamatovich

Kafedra manzili:

NamMTI 3–bino,
2–qavat

Elektron pochta:

doniyor_8184@mail.ru

Telefon:

+99890 223 3233

Faks:

+99869 228 76 71


  • A.M.Hamdamov - dotsent
  • R.A.Abdullayev - dotsent
  • G.I.Ismailova - katta o'qituvchi
  • A.S.Sobirov - katta o'qituvchi
  • N.M.Qurbonov - katta o'qituvchi
  • G'.A.Normatov - assistent
  • S.A.Boyto'rayev - assistent
  • A.A.Saodatov - assistent
  • T.A.Jabbarov - assistent
  • D.A.Yo'ldasheva - kabinet mudiri

 Kafedrada ilmiy salohiyat 36% ni tashkil etadi. Kafedrada bajarilish 2016-2017-yillarga mo'ljallangan davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida I-2016-7-2/2 raqamli "Suv resurslarini tejash uchun yuqori bo'kuvchi gidrogellar ishlab chiqarish texnologiyasini tadbiq qilish" mavzusidagi innovatsiya loyiha bajarildi. 2018-2019-yillarga mo'ljallangan MU-PZ-20171025237 sonli "Poliz ekinlari poyasidan turli xil maqsadlar uchun sellyuloza olish texnologiyasini ishlab chiqish" amaliy yosh olimlar loyihasida loyiha rahbari G'.Normatov, S.Boyto'rayev, T.Jabbarov ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bajarilishi 2018-2019-yillarga mo'ljallangan "Mahalliy xom ashyolar asosida yangi gidrogellar sintez qilish va qishloq ho'jalik ekinlariga qo'llash bo'yicha tavsiyalar ishlab" mazusidagi ro'yxatga olish raqami MU-PZ-20171025345 bo'lgan amaliy loyiha eksportlar tomonidan ijobiy baholanib moliyalashtirildi. Bundan tashqari kafedrada Namanganvino AJ bilan №74, 20.07.2017y. tuzilgan "Namanganvino AJ dagi texnologik liniya qurilmalarini mukammallashtirish va soz xolatga keltirish" mavzusidagi qiymati 7600000 so'mlik xo'jalik shartnomasi va "International Business exchange" xususiy korxonasi bilan tuzilgan "Qishloq xo'jaligi maxsulotlarini samarador quritish qurilmasini yaratish" mavzusidagi qiymati 6800000 so'mlik xo'jalik shartnomalari bajarib kelinmoqda.

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarori hamda mazkur qaror ijrosi doirasida 10 dan ortiq korxonalar bilan Hamkorlik-Ittifoq shartnomalari tuzildi. "Karbonam" MCHJ, “MexMASH” MCHJ, «Namanganvino” OAJ, “Ifoda agro kimyo himoya” MChJ, “INTER-POLIMER” MChJ korxonlari bilan innovatsion guruhlar korxona muammolari bo’yicha ishlab kelinmoqda.

 Kafedrada viloyatimizdagi ko’pgina ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar va xususiy ishlab chiqarish firmalari bilan, jumladan, “Uzchasis” MCHJ O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonasi, “Buyuk kelajak servis” MCHJ, “Uchqo’rg’on yog’” OTXJ, “Uchqo’rg’ondonmasulotlari” AJ, “Namangan rezina plast” MCHJ, “Istiqlol 2000” MCHJ, “Ummat” x/f, “Beqiyos maqsad ramzi” xususiy korxonasi, “Poligraf-servis” MCHJ, “Musaffo polimer” MCHJ lar bilan kadrlar tayyorlash, innovatsion hamkorlik, talabalarning amaliyotlar o’tkazishi, ilmiy-amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha shartnomalar tuzilib, o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Kafedraning 5320400 – Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulyar birikmalar, plastmassa va elastomerlar kimyoviy texnologiyasi bo’yicha) va 5320800 – “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” ta’lim yo’nalishlari talabalari ushbu korxona va tashkilotlarda malakaviy amaliyotlarni o’tkazib kelishmoqda. SHuningdek, yuqoridagi korxona, tashkilot va firmalardagi mavjud ilmiy-texnik muammolarni bartaraf etishda kafedra a’zolari o’zlarining yo’l-yo’riq va maslahatlarini berib, ular bilan hamkorlik qilib kelishmoqda.

 Kafedrada professor-o’qituvchilari va kafedra tasarrufidagi akademik guruhlar talabalari institutda o’tkazilayotgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelishmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari o’zlariga biriktirilgan akademik guruhlarda murabbiylik- ma’naviyat soati darslari bilan bir qatorda ular bilan doimiy ravishda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazib kelishmoqda. Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari maqsadida kafedrada fan to’garagi, talabalar turar joyida kafedra kuni tadbirlari tashkil etilgan.