Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Kafedralar

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

Kafedra haqida

 Namangan muhandislik-iqtisodiyot institut Ilmiy Kengashining 1992 yil 31 avgustdagi № 1- sonli qaroriga asosan “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi tashkil qilingan.

  1995 yil kafedra qoshida “Lochin” sport klubi tashkil etilgan va 2004 yil “Talaba” deb nomlandi. “Talaba” sport klubida 7 ta sport turidan 10 ta sport to‘garaklari Jumladan:

 Futbol, voleybol (o‘g‘il qiz), mini-futbol,basketbol, stol tennisi shaxmat, qo‘l to‘pi, yakka kurash, sog‘lomlashtirish guruxilari muntazam faoliyat ko‘rsatib talaba – yoshlar, professor-o‘qituvchi va ishchi hizmatchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda o‘zining katta hissasini qo‘shib kelmoqda.

 Kafedraning 26 yillik faoliyati mobaynida 50 ta sport ustasi, 200 dan ortiq sport ustaligiga nomzod va mingdan ortiq 1-2 va ommaviy sport razryadli sportchilarni tayyorladi.

 Kafedrada malakali sportchilardan tashkil topgan professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Institut talaba sportchilari 2000 yildan buyon “Universiada” sport musoboqalarida muntazam va faol ishtirok etib kelmoqdalar. Bundan tashqari Respublikada va viloyatda o’tkaziladigan sport musobaqalarida va “Yoshlar Ittifoqi” kuboglarida doimo qatnashib faxrli o’mrinlarni egallab kelishmoqda. Kafedrada asosan talabalarga Jismoniy tarbiya va Pedagogika.Psixologiya fanlaridan darslar professor-o'qituvchilar tomonidan berib boriladi. Darslar o’zbek va rus tillarida olib boriladi.


Kafedra mudiri

Axmedov G'olibjon G'ulomovich

Kafedra manzili:

NamMTI Sport zal,
2–qavat

Elektron pochta:

gahmedov@mail.ru

Telefon:

(+99897)217 50 65

Faks:

(+99869)228 76 71


  • Axmedov G'olibjon G'ulomovich - kafedra mudiri
  • Davlatova Muhabbat O'rmanovna - katta o'qituvchi
  • Kuchkarov Ulug'bek Lochinbekovich - katta o'qituvchi
  • Mirzabayev Xurshedjon Rustamovich - katta o'qituvchi
  • Mirzayev Xayrullo Muhammadjanovich - katta o'qituvchi
  • Mullaboyeva Nargiza Sharopaliyevna - katta o'qituvchi
  • Sotivoldiyev Qodir Raximovich - katta o'qituvchi
  • Tadjiaxmedov Shermamat Mirzamatovich - katta o'qituvchi
  • Xolmatov Nizomjon Umarjonovich - katta o'qituvchi
  • Asqarova O'g'ilxon Mamashokirovna - katta o'qituvchi
  • Usmanova Muattar Baxadirjonovna - katta o'qituvchi
  • Saydullayeva Madinaxon Qambaraliyevna - katta o'qituvchi

 Institut ilmiy kengashining 1992-yil 31 -avgustdagi qarоriga asоsan “Jismоniy tarbiya va spоrt” kafedrasi tashkil qilingan. 2016-yildan hоzirgi kunga qadar kafedrani Sh.Tadjiaxmedov bоshqarib kelmоqda.

 Kafedra tasarrufida futbоl, vоleybоl, qo'l to'pi, basketbоl, tennis, stоl tennisi, yengil atletika bilan shug'ullanish uchun spоrt maydоnlari mavjud. Kafedra tassarufida 4 ta xоna va umumiy maydоni 6120 kv.m spоrt inshооtlari mavjud.

 «Jismоniy tarbiya va spоrt» kafedrasi qоshida 1995-yil “Lоchin” spоrt kulubi tashkil qilingan. 2004-yil “Talaba” spоrt klubi deb nоmlanadi. Spоrt klub jamоatchilik asоsida faоliyat ko'rsatib kelmоqda.

# O'tkazilgan yillar O'tkazilgan shahri Oltin Kumush Bronza
1 2000 Namangan - - 1
2 2002 Buxoro 1 1 2
3 2004 Samarqand 1 12 2
4 2007 Toshkent 1 2 16
5 2010 Andijon - - 3
6 2013 Buxoro - 1 -

 Kafedra 2015-2016-yillarda professor-o'qituvchilari tomonidan quyidagi ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida reja ishlab chiqilgan bo'lib institut tomonidan quyidagicha tasdiqlangan.

  • Ilmiy izlanuvchilar ish faoliyatiga mos nomzodlik disertasiya mavzularini tanlash va tasdiqlash
  • Taqvimiy mavzuli-reja tuzib shu reja asosida ish yuritish
  • OAK etirof etilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish
  • Ilmiy va amaliy anjumanlarda maqolalar bilan ishtirok etish
  • Innovasion loyihalar yaratish
  • Xo'jalik shartnomalarida qatnashish
  • Davlat grantlari bo'yicha ilmiy ishlar olib borish
  • Iqtidorli talabalar bilan bilan ishlash va ularga rahbarlik

 Bugungi kunda kafedrada katta o'qituvchi Q.R.Sotivoldiyevlar faoliyat ko'rsatmoqdalar. Kafedra o'qituvchilari X.Mirzayev X.Mirzaboyev va G'.G'oziyatovlar doktorlik disertasiyalar ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Nomzodlik disertasiyalarni yakunlash va himoyalash 2017-2018-yillarga rejalashtirilgan. Dissertasiya mavzulari jismoniy tarbiya va sportida talaba va o'quvchilarni shaxs sifatida shakllanishi iroda va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish kabi hozirgi kun dolzarb muammolardan biriga qaratilgan.

 Institut rektоrining 22.03.2011 yildagi 76-sоnli “O'rta maxsus kasb xunar ta'limi muassasalari bilan hamkоrlik faоliyatini takоmillashtirish to'g'risida”gi buyrug'iga asоsan 1 ta Chust tumanidagi “Оlmоs” xizmat ko'rsatish kasb hunar kоlleji va 1 ta Kоsоnsоy tuman “Namuna” akademik litseyida kafedra filiallari faоliyat ko'rsatmоqda. Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kоllejlari bilan tuzilgan hamkоrlik shartnоmasi asоsida qilingan ishlar muhоkamasini kafedra yig'ilishlarida ko'rib bоriladi. Bundan tashqari kafedra “Mirzо Ulug'bek” nоmidagi O'zbekistоn Milliy universiteti va Milliy g'оya va mafkura Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan hamkоrlik alоqalarini o'rnatgan.