Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Markaz va bo'limlar

O'quv bo'limi

Bo'lim boshlig'i

Negmatov Bositxon Izatillaevich

Qabul vaqti:

Har kuni: -

Elektron pochta:

-

Telefon:

-

Faks:

+99869 228 76 71


 O‘quv bo‘limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi.

 O‘quv bo‘limi – O‘zbekiston Respublikasi konunlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Maxkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi qarorlari asosida ish yuritib:

- oliy ta’limning me’yoriy – xuquqiy xujjatlarini (Oliy ta’lim yo‘nalishlari va ixtisoslari Klassifikatori, Oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarga qo‘yiladigan Malakaviy talabalar, Davlat ta’lim standartlari Yo‘nalish bo‘yicha bakalavr va ihtisoslik bo‘yicha magistr o‘zlashtirishi shart bilimlar minimum mazmuniga va tayyorgarlik darajasiga talablar;

- oliy ta’limning ta’lim-kasbiy dasturlarini bir hillashtirish, harakatchanligi va uzviyligini tashkiliy hamda uslubiy ta’minoti;

- kadrlar buyurtmachilarning extiyojlarini hisobga olgan holda o‘quv rejalari va Fan dasturlarini shakillantirish asoslarin;

- o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha chet el tajribasini;

- oliy ta’lim tizimida huquqiy masalalarni;

- mamlakatimiz ilmiy–texnik va ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlarini,

- talabalar musataqil o‘rganishining tashkiliy va uslubiy ta’minoti,

- zamonaviy informatsion va kompьyuter texnologiyalarini takomillashtiradi.

 O‘quv bo‘limi Oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo‘limi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi. O‘quv bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi qarorlarga va institut rektori buyruqlari va ko‘rsatmalariga asoslanadi:

- institutning o‘quv ishlarini boshqaradi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rnatgan tartibda o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda o‘quv jarayonini tashkil qiladi ;

- davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy ta’lim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori samarali o‘qitishni tashkil qilish va malakali kadrlar etishtirishni ta’minlash;

- fakulьtetlardagi o‘quv rejasida aks etgan ta’lim maqsadlarini o‘rnatadi;

- zamon talablariga muvofiq xolda o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradi;

- zamonaviy baholash usullari, tayanch so‘z iboralarga asoslangan yozma ish usuli, testlar orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini nazorat qiladi. Mazkur nazorat natijalari asosida o‘quv tematik rejalarga aniqliklar kiritadi, talabalar bilan individual ishlash shakllarini aniqlaydi;

- institut professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan o‘quv rejalari va yuklamalarining bajarilishini nazorat qiladi;

- soatboy to‘lov asosida va o‘rindosh o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini belgilaydi;

- professor-o‘qituvchilar tarkibining zamonaviy va peshqadam tajribalarini o‘rganadi va umumlashtiradi;

- fakulьtetlarda o‘quv jarayonining tashkil qilinishini reydlar asosida tekshiradi, nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida dekanlar e’tiboriga havola etadi;

- yosh o‘qituvchilarning malaka va tajriba orttirishini tashkil qiladi;

- professor-o‘qituvchilar tarkibi haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil qiladi;

- institut professor-o‘qituvchilarining malaka oshirishini tashkil qiladi va tegishli rejalarning bajarilishini nazorat kiladi;

- O‘zbekison Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan qoida asosida talabalarning pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotini umumiy tarzda boshqaradi va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;

- institut qabul xay’atida ishtirok etadi, institutga qabul haqidagi axborotni shakllantiradi va qabul natijalarini umumlashtiradi;

- kafedralar ish faoliyatini o‘rganadi va tajribalarini umumlashtiradi. Kafedralar faoliyati maqsadga muvofiqligi va yangi kafedralar ochish haqidagi takliflarni kiritadi.

 Institutda rahbar kadrlari soni jami 43 nafar bo‘lib, shulardan 1 nafari rektor, 5 nafari prorektorlar, 5 nafar fakultet dekanlari va 18 nafari kafedra mudirlari va 14 nafar bo‘lim boshliqlari hisoblanadi.

 Bugungi kunda institutda jami 291 nafar, jumladan asosiy shtatda 244 nafar, o‘rindoshlik asosida 47 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 Institutda 5 fakultet va 18 ta kafedra mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

 Fakultetlar:

 1. Engil sanoat texnologiyasi.

 2. Muhandislik-texnologiya.

 3. Kimyo-texnologiya.

 4. Avtomatika va energetika.

 5. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari texnologiyasi.

 Kafedralar:

 1.Engil sanoat mahsulotlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi

 2.To‘qimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi

 3.Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi

 4.Metrologiya,standartlashtirish va sifatni boshqarish

 5.Ijtimoiy fanlar

 6.Kimyoviy texnologiya

 7.Kimyo

 8.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi

 9.Jismoniy madaniyat va sport

 10.Chet tillar

 11.Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish

 12.Oziq-ovqat texnologiyasi

 13.Texnologik mashina va jihozlar

 14.Umumtexnika fanlari

 15.Fizika

 16.Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish va iqtisodiyoti

 17.Oliy matematika

 18.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish va informatsion texnologiyalar

 Hozirgi kunda quyidagi kunguzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida jami 3145 nafar talabalar tahsil olmoqda:

 1.Oziq-ovqat texnologiyasi (yog‘-moy mahsulotlari)

 2.Oziq-ovqat texnologiyasi (go‘sht-sut va konserva mahsulotlari)

 3.Dizayn (kostyum)

 4.Texnologik mashinalar va jihozlar ( to‘qimachilik, engil va paxta sanoati)

 5.Engil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish)

 6.Engil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (to‘qima)

 7.Matbaa va qadoqlash jarayonlart texnologiyasi

 8.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi

 9.Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (paxta, to‘qimachilik va engil sanoat)

 10.Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta)

 11.Kimyoviy texnologiyalar ( yuqori molekulali birikmalar)

 12.Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish

 13.Marketing (tovarlar va xizmatlar)

 14.Texnologiyalar va jixozlar (tarmoqlar bo‘yicha)

 15.Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)

 16.Engil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (charm va mo‘yna buyumlari)

 17.Engil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari)

 18.Engil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (trikotaj)

 19.Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (paxta, to‘qimachilik va engil sanoat)

 20.Energetika (issiqlik energiyasi)

 21.Elektr energetikasi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash)

 22.Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot - kommunikatsion tizimlari

 23.Kasb ta’limi: buxgalteriya hisobi va audit

 24.Kasb ta’limi: iqtisodiyot

 25.Kasb ta’limi: informatika va axborot texnologiyalari

 26.Kasb ta’limi: engil sanoat mahsulotlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi

 Quyidagi magistratura ta’lim yo‘nalishlarida jami 62 nafar talaba tahsil olmoqda:

 1.Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash

 2.Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (noorganik va organik ishlab chiqarish bo‘yicha)

 3.To‘qimachilik va engil sanoat mashinalari hamda apparatlari

 4.To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi (yigiruv texnologiyasi)

 5.Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta)

 6.Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi

 7.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (meva-sabzavot mahsulotlari)

 8.Marketing (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)

 9.Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha)

 2018-2019 o‘quv yilida institutda quyidagi sirtqi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilindi:

 1.Oziq-ovqat texnologiyasi (go‘sht-sut va konserva mahsulotlari)

 2.Dizayn (kostyum)

 3.Engil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip)

 4.Engil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari)

 5.Marketing (tovarlar va xizmatlar)

 6.Kasb ta’limi: Iqtisodiyot

 7.Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (paxta, to‘qimachilik va engil sanoat)

 8.Elektr energetikasi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash)

 2018-2019 o‘quv yilida institutda Rossiyaning Saratov Davla texnika Universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakulьtet tashkil etilib, quyidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 60 nafar talabalar qabul qildi:

 1. Kimyoviy texnologiyalar (polimerlarni qayta ishlash texnolgiyasi).

 2. Texnologik mashinalar va jihozlar ( oziq-ovqat ishlab chiqarish mashina va apparatlari).

 3. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish. Manzil: NamMTI, 3-bino, 2-qavat.