Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Markaz va bo'limlar

Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Bo’lim boshlig’i

Isoqov Saydulla Sobirjonovich

Qabul vaqti:

Har kuni: 9:00-17:00

Elektron pochta:

admirall0106@mail.ru

Telefon:

+99893 938 14 14

Faks:

+99869 228 76 71


Bo’lim a’zolari:
Ishaqova Ra’no - Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi uslubchisi
Aliyev Elmurod - Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli talabalar bilan ishlash uslubchisi

  - Ma`naviy va ma`rifiy ishlar va iqtidоrli talabalar bilan ishlash bo’limi institut jamоasi, ayniqsa talaba-yoshlar o’rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asоslangan demоkratik tamоyillarni qarоr tоptirish оrqali insоn huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug’lashga, jismоnan sоg’lоm, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlоvchi kоmil insоnni tarbiyalashga yo’naltirilgan uzоq muddatli, keng ko’lamli ma`naviy-axlоqiy tarbiya dasturini amalga оshiradi.

  - Ma`naviyat va ma`rifat va iqtidоrli talabalar bilan ishlash O’zbekistоn Respublikasining Kоnstitutsiyasi va qоnunlari, O’zbekistоn Respublikasi Prezidenti Farmоn Qarоr va Farmоyishlari, O’zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarоrlari, Оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buyruqlari hamda institut ichki tartib-qоidasi va ushbu bo’lim Nizоmiga binоan faоliyat ko’rsatadi.

  - Ma`naviyat va ma`rifat va iqtidоrli talabalar bilan ishlash bo’limining asоsiy maqsadi – talaba-yoshlarni milliy va umuminsоniy qadriyatlarga sоdiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma`naviy, estetik, axlоqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g’ayriinsоniy g’оyalar ta`siridan himоya qilish hamda mustaqil O’zbekistоnning chinakam fidоiysi bo’lib yetishtirishdan ibоrat.
 - institutda bugungi kunda davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishga qodir, davlatning ichki va tashqi siyosatini to’g’ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan irodasi baquvvat, iymon-e’tiqodi butun va vijdoni uyg’oq mutaxassislarni tayyorlash;

 - talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongiga milliy g’oya va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, o’qitiladigan barcha fanlarni milliy g’oya bilan uyg’un bo’lishini ta’minlash, talabalarda siyosiy va ijtimoiy faollikni kuchaytirish ishlarini tizimli asosda yo’lga qo’yish;

 - talabalarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mamlakatda qabul qilingan qonun, farmon, qaror, farmoyishlar, vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatidan xabardorligini ta’minlash orqali ulardagi huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish;

 - institutda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar tizimida natijadorlik, amaliyot va ijro intizomini yuksaltirish bo’yicha amaliy mexanizmlarni joriy qilib borish;

 - institutda talabalar, doktorantlar, professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar, texnik xodimlar va turli jamoatchilik tashkilotlari vakillari o’rtasidagi o’zaro sog’lom ma’naviy muhitni ta’minlash.
 - institutda O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy sohaga oid qonun, farmon, farmoyish, qaror va Davlat dasturlari hamda tegishliligi bo’yicha vazirlik, idoralardan tushirilgan hujjatlarning ijrosini ta’minlash;

 - ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiya ishlarining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish;

 - Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi faoliyatini tashkil etish hamda jamoat tashkilotlari, ijtimoiy-gumanitar kafedralar (yo’nalishlar) faoliyatini muvofiqlashtirish;

 - O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tarkibiga kiruvchi barcha tizimlarning viloyat bo’limlari, huquq-tartibot organlari, diniy va siyosiy hamda boshqa tashkilotlar bilan talaba-yoshlar tarbiyasi borasida hamkorlik ishlarini muntazam tashkil etish;

 - talabalar va professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar, texnik xodimlar va turli jamoatchilik tashkilotlari orasida sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirib borish, shuningdek, sport-sog’lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy xordiq chiqarish tuzilmalarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;

 - “Ma’naviyat kuni”ni yuksak saviya va talab darajasida o’tilishi, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni nazorat qilish hamda ushbu yo’nalishdagi tadbirlarga yetuk mutaxassislarni taklif qilish ishlarini tashkil etish;

 - talabalar, professor-o’qituvchilar hamda ishchi-xodimlar, texnik xodimlar va turli jamoatchilik tashkilotlari vakillari muammolarini o’rganish, kasaba uyushmasi tashkiloti, bilan hamkorlikda ularning manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama faolliklarini tashkil etish;

 - talabalar tarbiyasida ota-onalar va mahallalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish;

 - murabbiylik tizimi faoliyatiga rahbarlik qilish va mazkur tizimning milliy qadriyatlarimiz asosida rivojlanishiga erishish;

 - ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish va ularda professor-o’qituvchilarning faolliklarini oshirish;

 - Ma’naviyat va ma’rifat bo’limining ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

 - fakul tet dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari ishini muvofiqlashtirish va faoliyatini nazorat qilish;

 - o’quv binolari, talabalar turar joylari va kafedralarni bugungi kun talablari (Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan namunaviy tartib) asosida tasviriy targ’ibot vositalari bilan jihozlanishini nazorat qilish;

 - institutdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish va natijadorligini oshirishlardan iborat.
 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentaning 2017 yil 20 aprelda qabul qilingan «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’grisida»gi PQ-2909-soshsh qarorining 1-ilovasi 38-bandi hamda hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 31 iyuldagi 526-sonli buyrug’i asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishga doir institut Nizomlar ishlab chiqildi. (elektron holatda ilova qilinadi)

 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi «Ma’naviyat-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichiga ko’tarish to’g’risida»gi PQ-3160-sonli qarori qabul qilindi (Qaror elektron holatda ilova qilinadi )
Bo'lim manzili: NamMTI, Faollar zali, 2-qavat.