Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Markaz va bo'limlar

Magistratura bo'limi

Bo'lim boshlig'i

Bayboboeva Firuza Nabijonovna

Qabul vaqti:

Har kuni: 9:00 – 11:00

Elektron pochta:

firuzanabijonovna@mail.ru

Telefon:

+99890 555 55 30

Faks:

+99869 228 76 71


 Magistratura bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan yuritadi.

 Namangan muhandislik-texnologiya institutida magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bo‘limi amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:

 -magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashishini ;

 -o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;

 -oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;

 -magistrlarni o‘qitish va ularni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringini amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini taxlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.
  • Marketing (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)
  • To‘qimachilik va engil sanoat mashinalari hamda apparatlari
  • To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi (xom ashyo turi bo‘yicha)
  • Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash
  • Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi
  • Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi
  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarinisaqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (maxsulotlar turlari bo‘yicha
  • Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (ishlab chiqarish turi bo‘yicha)
Manzil: NamMTI, 3-bino, 3-qavat.