Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Markaz va bo'limlar

Ichki nazorat va monitoring bo'limi

Bo'lim boshlig'i

Akramov Abduvali Mamadxanovich

Qabul vaqti:

Har kuni: 15:00-17:00

Elektron pochta:

nazorat@nammti.uz

Telefon:

+99869 232 53 27

Faks:

+99869 228 76 71


 Ichki nazorat va monitoring bo‘limi haqida ma’lumot

 “Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘risida”gi qonuni va me’yoriy hujjatlarni bajarilish yuzasidan olib borilayotgan foliyatni nazoratqilish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgust 207-sonli buyrug‘iga asosan Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti Ichki nazorat inspektsiyasi bo‘limi negizida tashkil etilgan va uning Nizomi ishlab chiqilgan.

 Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 2009-yil 30-avgustda tasdiqlangan “Vazirlik, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibi va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish tartibi” asosida amalga oshirib kelinmoqda.

 “ Ichki nazorat va Monitoring” bo‘limiga hozirda bo‘limga Akramov Abduvali Mamatxanovich rahbarlik qilmoqda.

 Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgust 207-sonli buyrug‘i asosida Ichki nazorat va monitoring bo‘limi tashkil etildi va uning Nizomi ishlab chiqilib, shu Nizom asosida ish olib borildi.

  • Akramov Abduvali Mamadxanovich - Bo‘lim boshlig‘i
  • Malikov Mahmudjon Abdug‘onievich - Uslubchi
  • Ortiqova Yorqinoy Adashalievna - Inspektor
 Monitoring va ichki nazorat bo‘limi bo‘lim boshlig‘i, uslubchi va inspektorlardan iborat. Uning asosiy faoliyati institutda O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va me’yoriy hujjatlari, Prezident farmonlari, institut rektori buyruqlarining bajarilish monitoringini olib borish, shuningdek, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirish, respublikada raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosida mehnat bozorini rivojlantirish, institut ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda bo‘lim va fakultetlar faoliyatini nazoratqilib borish hamda ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
 Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasiningqarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’atqarorlari, buyruqlariga va bo‘lim o‘zining Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Institutda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning hayotga tatbiq etilishini amalga oshirish, shuningdek, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, Hay’at va institut Kengash qarorlari, vazirlik va institut bo‘yicha chiqarilgan buyruqlar va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazoratqiladi.

Monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat

 - institutda O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlar qaror va farmoyishlarini, Vazirlik va Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, institut Kengash qarorlari va buyruqlari ijrosining nazoratini ta’minlash hamda ularnig monitoringini olib borish;

 - kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan talab va mehnat bozorini rivojlantirish, institut moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish;

 - professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarning malakasini oshirish vaqayta tayyorlash sifatining nazoratini tashkil etib borish;

 - Namangan muhandislik-texnologiya institutida Davlat ta’lim standartlari monitoringini tashkilqilish masalalarini amalga oshirish;

 - institutda ta’limning holati hamda rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish va yangilab borish;

 - institutning boshqarish organlari (vazirlik, rektorat, institut Kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;

 - institutda qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

 - institutda ijrochilik faoliyatini tahlilqilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish;

 - professor-o‘qituvchilarni yillik ichki attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida ularning faoliyatini baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

 - institutdagi fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘limlari faoliyatini tahlilqilish;

 - institut moddiy-texnika bazasini o‘rganib borish;

  - ayrim aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.
 - O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”giqonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, ta’lim masalalari bo‘yicha Respublika hukumatiqarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, Namangan muxandislik-texnologiya instituti Kengashi qarorlari va buyruqlarining bajarilishini fakultet, kafedra, bo‘limlar bo‘yicha tahlilqilish va har oyda ularni jadval shaklidagi hisobotlarini tayyorlab, Vazirlikka taqdim etib borish;

 - institut kafedralari va litseylarida Davlat ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amalqilinishini tekshirib borish;

 - institut va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;

 - institut faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talabqilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb etish;

 - institutda ta’limning holatini tahlili hamda uni istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlar bankini shakllantirish va uni yangilab borish;

 - institutning boshqarish organlari (vazirlik, rektorat, institut Kengash)ga ta’limni islohqilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;

 - institutda qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

 - institutda ijrochilik faoliyatini tahlilqilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish;

 - professor-o‘qituvchilarni yillik ichki attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida ularning faoliyatini baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

 - monitoring natijasida topilgan ayrim kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etadi.

 Monitoring va ichki nazorat bo‘limining istiqboldagi rejasi

 Monitoring va ichki nazorat bo‘limi istiqboli institutda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va me’yoriy hujjatlarni bajarilish monitoringini sifatli olib borish, shuningdek, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirishni kuchaytirish, respublikamizga raqobatbardosh sifatli va malakali kadrlarni tayyorlash asosida mehnat bozorini rivojlantirish, institut ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashni hisobga olgan holda bo‘lim va fakultetlar faoliyatini nazoratqilib borish hamda ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

 Monitoring va ichki nazorat bo‘limi istiqbol rejasi quyidagilar hisoblanadi

 - institutni istiqbolda rivojlanishi hamda talabalar kontingentini hisobga olgan holda, bakalavriyat yo‘nalishi fakultetlarida hamda magistratura bo‘limlarida Monitoring va ichki nazorat bo‘limi xodimlarini tashkil etish;

 - doimiy ravishda institut professor-o‘qituvchilarining o‘quv-uslubiy kompleksini yangilanganlik darajasini tahlilqilib borish ko‘zda tutilgan.
Manzil: NamMTI, 3-bino, 2-qavat.