Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Markaz va bo'limlar

Buxgalteriya bo'limi

Bosh hisobchi

Madiyorov Shavkat Muxtorovich

Qabul vaqti:

Har kuni: 9:00-17:00

Elektron pochta:

-

Telefon:

+99869 232 97 79

Faks:

+99869 232 97 79


 BO‘LIM VA UNING FAOLIYATI HAQIDA

 Namangan muhandislik-tehnologiya instituti buxgalteriya bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari hamda buyruqlari, institut Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, institut Ustavi va buxgalteriya bo‘limi Nizomi asosida olib boradi.

 Bo‘limning maqsadi institutning samarali faoliyat ko‘rsatishi va yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishishi uchun zarur moliyaviy shart-sharoit yaratish hamda institut moddiy-texnika bazasini kuchaytirish maqsadida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumidan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash, xarajatlarni moliyalashtirishda tasdiqlangan reja (smeta) va limitlar doirasidan chiqmaslikka erishish, institutning joriy va istiqboldagi iqtisodiy holatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

  • Bosh hisobchi institutning tarkibiy tuzilmasiga muvofiq bosh hisobchi bevosita institut rektori va moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo’yicha prorektorga bo‘ysunadi, buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, O‘zbekistan Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi.
  • Bosh hisobchi muovini yuridik va jismoniy shahslar bilan xizmat ko‘rsatish hamda xaridlarni amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar hisobini yuritadi.
  • Bosh hisobchi muovini auditor - kassa intizomini nazorat qiladi, debitor va kreditor qarzdorliklarni bartaraf etish, xodimlarga ish haqi va talabalarga stipendiya hisoblash va to‘lash yuzasidan muntazam nazorat ishini olib boradi.
  • Ish haqini hisoblash bo‘linmasi - xodimlarga tabel asosida ish haqi hisoblash, ularga bank orqali plastik kartochka ochish, shaxsiy jamgarib boriladigan pensiya badallari o‘tkazilishini ta’minlaydi.
  • Stipendiya bo‘linmasi - talabalarga stipendiya tayinlash bo‘yicha buyruq asosida stipendiya hisoblash va to‘lashni tashkil etadi.
  • Moddiy boyliklar bo‘linmasi - institut ombori, moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar kirim-chiqimi hisobini yuritadi, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishda qatnashadi.
  • G‘azna - ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga olingan naqd pul tarqatilishini amalga oshiradi.

 Bosh hisobchi (Madiyorov Shavkat Muxtorovich) ning asosiy vazifalari:

  • buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritadi, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etadi;
  • buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qiladi;
  • byudjet mablag‘larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘larni harajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qiladi;
  • tashkilotda hodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqilishini tashkil etadi;
  • smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshiradi;
  • pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashadi, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtiradi hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettiradi;
  • moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazilishini tashkil etadi;
  • moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritilishini va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qiladi;
  • moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzadi va topshiradi;
  • asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;
  • buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini saqlaydi;
  • mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy hatti-harakatlar qilinayotgani ma’lum bo‘lib qolgan hollarda, tegishli chora ko‘rish uchun bu haqda institut rektoriga yozma axborot beradi;
  • bosh hisobchi buxgalteriya bo‘limi xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi.

 Bosh hisobchi muovini (___________________)ning asosiy vazifalari:

  • institutning shtat jadvaliga muvofiq bosh hisobchiga bo‘ysunadi;
  • yuridik va jismoniy shaxslar bilan xizmat ko‘rsatish hamda xaridlarni amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar hisobini yuritadi;
  • tovar-moddiy boyliklar harakati va hisobdan chiqarilishini nazorat qiladi hamda rasmiylashtiradi;
  • tovarshunosga ishonchnoma beradi va uning nazoratini olib boradi;
  • hisob-fakturalar bo‘yicha bajarilgan ishlarning hisobini yuritadi va solishtirma dalolatnomalar tuzadi;
  • tovar-moddiy boyliklarni me’yordan ortiqcha bo‘lishini oldini oladi va moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi moddiy boyliklarni tekshirib turadi;
  • tuzilgan xo‘jalik shartnomalari hisobini yuritadi;
  • byudjet, pensiya jamg‘armasi va ilmiy loyihalarni bajarish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar sarflanishining harakatini olib boradi;
  • tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha oylik va choraklik hisobotlarni tuzadi;
  • har oyda har bir schyotlar bo’yicha yozuvlarni bosh kitobga qayd etadi;
  • institutning choraklik va yillik hisobotlari uchun yig‘ma hisobotlarni tayyorlaydi;
  • bosh hisobchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

 Bosh hisobchi muovini-auditor(Manonov Farrux Juramirzaevich) ning asosiy vazifalari:

  • institutning shtat jadvaliga muvofiq bosh hisobchiga bo‘ysunadi;
  • xodimlarning ish haqi va talabalar stipendiyasini o‘z vaqtida hisoblanishi va to‘lanishini nazorat qiladi;
  • kassa intizomini va har oylik kassa hisobotlarini tekshiradi;
  • tabel asosida ishga chiqmayotganlarni aniqlaydi va rahbariyatga yozma bildirishnoma tayyorlaydi;
  • institutning to‘lov-kontrakt, boshqa manbalar bo‘yicha maxsus hamda rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining harakatini yuritadi va hisobotlarni tayyorlaydi;
  • debitor va kreditor qarzdorliklarni muddatini nazorat qiladi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
  • bosh hisobchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

 1-toifali hisobchi(Yuldashev Elmurod Abdujalil o’g’li) ning asosiy vazifalari:

  • xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni dasturga kiritadi;
  • tabel asosida xodimlarga ish haqi hisoblanishini ta’minlaydi;
  • plastik kartochkalarga arizalarni qabul qiladi va bankka yetkazadi;
  • yil tugagach soliq inspeksiyasiga har bir o‘rindoshlik asosida ishlagan xodimlarga hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi;
  • xodimlarning arizalariga asosan ish haqidagi ushlanmalarni amalga oshiradi;
  • xodimlarning har oylik hisoblangan ish haqidan plastik kartochkalarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalarga reestr tuzadi va bankka taqdim etadi;
  • shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badali reestrini tuzadi va Xalq bankiga taqdim etadi;
  • ishlovchi pensionerlarga har oyda pensiya topshiriqnomasi asosida so‘rovnomani shakllantiradi va Moliya vazirligining byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasi filialiga taqdim etadi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

 1-toifali hisobchi(Mamajanov Dilmurod Maxmudovich) ning asosiy vazifalari:

  • institut talabalarga stipendiya tayinlash bo‘yicha buyruq asosida stipendiya hisoblash va to‘lashni tashkil etadi.
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

 1-toifali hisobchi (Hasanov Baxtiyor G’ulomovich)ning asosiy vazifalari:

  • moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklarning kirim-chiqim hisobini yuritadi;
  • moddiy javobgar shaxslarga o‘tkazilgan moddiy boyliklar hisobini olib boradi;
  • hisobdan chiqarilayotgan moddiy boyliklarni tekshiradi va dalolatnoma tayyorlaydi;
  • moddiy boyliklarning harakatini moliyalashtirish manbasi asosida amalga oshiradi;
  • moddiy javobgar shaxslarning oylik hisobotini qabul qiladi va shu asosida qoldiqlarni tekshiradi;
  • muntazam ravishda moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar butligi ustidan nazorat olib boradi;
  • institutning asosiy vositalari hisobini yuritadi;
  • asosiy vositalarning eskirishi va qayta baholanishini amalga oshiradi;
  • institutda tashkil etiladigan inventarizatsiyada qatnashadi va inventarizatsiya yozuvini rasmiylashtiradi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

 G‘aznachi (Alimov Olimjon Rustamovich) ning asosiy vazifalari:

  • institut kassasining oylik hisobotini tayyorlaydi;
  • chek orqali bankdan naqd pul olib kelishni ta’minlaydi;
  • to‘lov vedomostlari yoki xarajat orderi orqali pul tarqatilishini ta’minlaydi;
  • deponentlangan pulni bankka topshiradi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

 1-toifali hisobchi (Ibroximova Iqbola Ikromjonovna) ning asosiy vazifalari:

  • Institutning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lar va ularning xarajatlari hisobini yuritish:
  • talabalardan yotoqxona uchun to‘lovlar hisobini yuritish;
  • sport kompleksga sport xizmatlaridan kelib tushgan mablag‘lar hisobini yuritish va solishtirma dalolatnomalar tuzish;
  • institut oshxonasidan kelib tushgan mablag‘larni hisobini yuritish;
  • “Moliyachi” oromgohidan kelib tushgan mablag‘lar hisobini yuritish;
  • ijara haqi va ijarachilarning kommunal to‘lovlarini hisobini yuritish va solishtirma dalolatnomalar tuzish;
  • institning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘arma hisob raqamiga boshqa kelib tushgan mablag‘lar harakatini nazorat qilish va hisobini yuritish;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

 Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

  • bo‘lim vakolatlariga kirgan zaruriy ishlarni amalga oshirish uchun institutning tegishli bo‘linmalaridan (fakultetlar, kafedralar va bo‘limlar) axborotlar taqdim qilishni talab qilish;
  • institutning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga buxgalteriya masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish va topshiriqlarning ijrosini talab qilish;
  • bo‘lim faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borish;
  • amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslanib institutning byudjetdan tashqari mablaglaridan foydalanish va ularni shakllantirish bo‘yicha institut Kengashiga takliflar kiritish;
  • bo‘lim xodimlarini ish faoliyati natijalariga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirish yoki choralar ko‘rish bo’yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 Quyidagilar bo‘limning majburiyatlari bo‘lib hisoblanadi:

  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq institutning kalendar yiliga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini hamda byudjetdan tashqari mablaglar daromadlari va xarajatlarini amalga oshirish;
  • institutda xarajatlar smetasi doirasida mablag‘lar sarfini nazorat qilish;
  • o‘rnatilgan tartibda hamda muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, statistika va soliq idoralariga hisobotlarni taqdim etilishini ta’minlash;
  • qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lim zimmasiga boshqa majburiyatlar xam yuklanishi mumkin.
  • Madiyorov Shavkat Muxtorovich - Bosh hisobchi
  • Manonov Farrux Juramirzaevich - Bosh hisobchi muovini-auditor
  • Yuldashev Elmurod Abdujalil o’g’li - Ish haqi bo‘limi hisobchisi
  • Mamajanov Dilmurod Maxmudovich - To’lov-shartnoma bo‘limi hisobchisi
  • Hasanov Baxtiyor G’ulomovich – Moddiy qiymatliklar bo‘limi hisobchisi
  • Anvarjanov Abror Anvarjon o’g’li- Stipendiya bo‘limi hisobchisi
  • Ibroximova Iqbola Ikromjonovna- Maxsus xisob hisobchisi
Manzil: NamMTI 6-bino, 1-qavat.