Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

E'lonlar

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 12.09.2018 11:51

Innovatsion rivojlanish vazirligi ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va «startap» loyihalari tanlovini e'lon qiladi


Innovatsion rivojlanish vazirligi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3698-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida o'z xarajatlarini o'zi qoplash asosida moliyalashtirish uchun ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va «startap» loyihalari tanlovini e'lon qiladi.

Hujjatlar yuridik va jismoniy shaxslardan ilovadagi shakllarga qat'iy rioya qilgan holda 2018 yil 6 oktyabr soat 18-00 ga qadar, 100060 Toshkent sh., T. Shevchenko ko'chasi 1-uyda qabul qilinadi.

Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan hujjatlar ko'rib chiqilmaydi.