Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Talabalik ostonasida: shaffoflik va adolat tamoyillari asosida

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 17.08.2018 09:38


Namangan muhandislik-texnologiya institutida sirtqi bo‘lim uchun imtihon sinovlari qizg‘in davom etmoqda. 
Bugun (2018 yil, 16 avgust kuni) institutning "Dizayn" yo‘nalishiga hujjat topshirgan abiturientlar talaba bo‘lish istagida navbatdagi sinov, ya’ni "Rang tasvir" fanidan kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirdilar.
Ma’lumot o‘rnida, "Dizayn" yo‘nalishida sirtqi bo‘limda ta’lim olish uchun 15 ta o‘ringa 62 nafar talabgordan hujjat qabul qilingan bo‘lib, bugun ulardan 52 nafari ijodiy imtihonda ishtirok etdi. 10 nafar abiturient turli sabablarga ko‘ra, navbatdagi sinovlarga kelmadi.
Ijodiy imtihonlarni shaffoflik, adolat tamoyillari asosida tashkil etish va uni o‘tkazish uchun institut ma’muriyati va qabul komissiyasi tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Imtihon jarayonlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, jamoat tashkilotlari, deputatlar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat kuzatuvchilar kuzatib bordilar.
Eslatib o‘tamiz, abiturientlar "Dizayn" yo‘nalishida "chizmatasvir", "rangtasvir" va "kompozitsiya" kasbiy fanlari bo‘yicha ijodiy imtihonlarni topshirishadi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti Matbuot xizmati.

 

FOYDALI HAVOLALAR