Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Farg‘ona davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 09.02.2019 16:24


O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” Dasturida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 9 fevral kuni institutda Farg‘ona davlat universiteti rektori R.Maksudov hamda institut rektori O.Mamatkarimovlar 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Shartnomada o‘zaro hamkorlikda Davlat ta’lim standartlari hamda malaka talablari asosida o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, malakali professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchilar tayinlash, mazkur OTMlarga tegishli ilmiy-texnologik muammolar asosida tadqiqot ishlarini olib borish, anjumanlar tashkil etish, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish hamda iqtidorli talabalar o‘rtasida tanlovlar tashkil etishga kelishib olindi.

FOYDALI HAVOLALAR