Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

BUYUK AJDODLARIMIZGA EXTIROM

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 08.02.2019 08:25


Buyuk ajdodlarimizga extirom


2019 yilning 7 fevral kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida buyuk O‘zbek shoir va mutafakkirlari, davlat arboblari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhamad Boburning tavallud ayyomini tantanali ravishda o‘tkazish maqsadida institut faollar zalida “Tillar” kafedrasi tashabbusi bilan, kafedra mudiri D.Xoshimova taklifi asosida Xalqaro Bobur mukofoti laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ma’daniyat xodimi Zokirjon Mashrabov, taniqli shoir va yozuvchi Xalqaro Bobur mukofoti laureati Qamchibek Kenja hamda akademik Sirojiddin Zaynobiddinovlar ishtirokida “Buyuk ajdodlarimizga extirom” mavzusida ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Xalqaro Bobur mukofoti laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ma’daniyat xodimi Zokirjon Mashrabov ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda Buyuk simo, Ulug‘ sarkarda Zahiriddin muhammad Boburning tavallud ayyommlari munosabati bilan, allomalarimizning hayoti va ijodi haqida bir qator o‘z fikr muloxazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan Olim fikricha Allomamiz Z.M.Bobur ijodini yanada keng talqinda yoyish munosabati bilan “Bobur” jamoatchilik fondining faoliyati xaqida to‘laqonli tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek, olimning A.Navoiy xayoti va ijodi yuzasidan bir qator fikrlar yuritib Avg‘onistonda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida gapirib o‘tib, o‘zining yangi ilmiy faoliyati xaqida o‘rtoqlashdi. A.Navoiyning bir qator asarlaridan namunalar keltirib o‘tdidi. Shundan so‘ng yozuvchi Xalqaro Bobur mukofoti laureati Qamchibek Kenja so‘z olib A.Navoiy ijodi hamda Z.M.Bobur ijodidan namunalar keltirib o‘z fikr mulohazalarini berib o‘tdi. Akademik Sirojiddin Zaynobiddinov so‘z olib byuk allomalar ha1ti va ijodi davomida qoldirgan merosini o‘rganishda katta xissa qo‘shib kelayotgan ushbu olimlarning mexnati va olib borgan faoliyati to‘g‘risida fikr bildirib yangi izlanishlar, yangi o‘rganilayotgan ilmiy meroslar to‘g‘risida bir qator yangiliklardan yig‘ilganlarni xabardor etdi. Tadbir davomida allomalarning bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy merosidan g‘azallar, ruboiylar talabalar tomonidan ijro etildi. Tadbirda olimlar takidlaganlaridek allomalarning bizgacha qoldirgan boy merosini asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazishimizga barchamiz birdek masul ekanligimiz to‘g‘risida yoshlarga tushuntirildi. Tadbirda jami 55 nafar professor-o‘qituvchilar hamda 180 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar. 

FOYDALI HAVOLALAR