Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Instituda Intellektual Mulk Agentligi ekspertlari

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 05.02.2019 17:50


Instituda Intellektual Mulk Agentligi ekspertlari  bilan seminar o'tkazildi

     2019 yil 5 fevral kuni institutga O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi qoshidagi “Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o'quv markazi” Davlat unitar korxonasi “IP-CENTER” ekspertlari tashrif buyurishdi. Ma'lumki, institutda xozirgi kunda “IP-CENTER” bilan hamkorlikda tadqiqotchilar ixtirolarini patentlashtirishga ko'maklashish Markazi tashkil qilingan. Markaz tomonidan tashkil qilingan ushbu seminarda tadqiqotchi-olimlar, doktorantlar, magistrant va talabalar ishtirok etdilar. Seminarda “IP-CENTER” markazi boshlig'i Sunnatilla Raxmonov boshchiligida “Sanoat mulki ob'ektlarining ustuvorligini belgilash. Patentga layoqatlik shartlari” mavzusida ma'ruza tinglandi. So'ng seminar ishtirokchilari tomonidan ixtirolarga talabnomalarni rasmiylashtirish, patent berish shartlari va muddatlari, sohalar bo'yicha ekspertlar faoliyati, innovatsion ishlanmalarga patent olish qoidalari kabi yo'nalishlarda savollar berildi hamda ekspertlar tomonidan atroflicha javoblar olindi. Yig'ilish yakunida “Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o'quv markazi” Davlat unitar korxonasi “IP-CENTER” bilan institut o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo'yicha kelishib olindi.

 

FOYDALI HAVOLALAR