Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Bobom ruhi biz Yoshlarda yashaydi!

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 30.01.2019 17:47


2019 yil 30 yanvarь kuni Namangan muhandislik-texnologiya instituti  faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud ayyomini 81 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Bobom ruhi biz Yoshlarda yashaydi!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi tomonidan sura’tga olingan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 81 yilligiga bag‘shlangan “Bobom ruhi biz yoshlarda yashaydi!” video rolik hamda “E’zoz”, “Istiqlol me’mori”, “Yillar”, “I.Karimov xotirasiga bag‘ishlab” nomli xujjatli filmlar namoyish etildi. Tadbirda e’tirof etilgan xujjatli filmlarda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda “O‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo‘lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirgan simo, ertangi kunimizning tayanchi va suyanchi bo‘lmish yosh avlodni yangicha, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, shu yurtning haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir insonlar bo‘lib voyaga etayotgan yoshlar. Ayni shunday yoshlarni hal qiluvchi kuch sifatida tayyorlash davlat va jamiyatning ustuvor vazifasi darajasiga ko‘tarilgani naqadar uzoqni ko‘zlagan inson sifatida hurmat bilan esga olindi. Tadbirda institutning bir qator mutahassilar hamda bir guruh talaba yoshlar tomonidan sheriy chiqishlar hamda I.A.Karimovning hayoti va faoliyati hamda “Yuksak mahnaviyat engilmas kuch”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asarlari muhokama etildi.

FOYDALI HAVOLALAR