Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

INSTITUT BILAN GOLLANDIYANING GRONINGEN UNIVERSITETI O'RTASIDA HAMKORLIK O'RNATILDI

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 17.01.2019 09:03


INSTITUT BILAN GOLLANDIYANING GRONINGYEN UNIVERSITETI O'RTASIDA HAMKORLIK O'RNATILDI

Namangan muhandislik-texnologiya instituti tomonidan ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, bu borada yaqin qo'shni va xorijiy davlatlardagi oliy ta'lim muassasalari bilan izchil hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni shu maqsadda, yaqinda institut rektori, professor Odiljon Mamatkarimov va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Nurullo Umarxonov 2019 yilning 7-14 yanvar kunlari bir haftalik amaliy tashrif bilan Gollandiya qirolligida bo'lib qaytdilar. Safar davomida institut delegatsiyasi jahon miqyosida katta nufuz qozongan Groningen universitetida bo'ldilar. Tashrif chog'ida institutimiz vakillari Tyuning akademiyasi rahbari Robert Vagenaar va loyihalar bo'yicha menejer Ingrid van Der Mier bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda uni yangi bosqichlarga ko'tarish masalalarini muhokama qilishdi. Amaliy muloqot davomida, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Erasmus Plyus, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” jamg'armasi dasturlarida, shuningdek oliy ta'lim muassasalarining o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib, professor-o'qituvchi va talaba almashinuvini yo'lga qo'yish, ilmiy tadqiqotlar bo'yicha hamkorlik qilish borasida ham fikrlar almashildi. Tyuning akademiyasi ekspertlarining NamMTI va O'zbekistonning boshqa oliy o'quv yurtlariga malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo'yicha ham kelishuvga erishildi. O'zaro muloqot samarasi o'laroq, Tyuning akademiyasi rahbariyati shu yilning aprel-may oylarida Namanganga viloyatiga tashrif buyurishlari rejalashtirildi.

 

Namangan muhandislik-texnologiya instituti matbuot xizmati.

 

FOYDALI HAVOLALAR