Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Uchrashuv

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 28.12.2018 17:06


2018 yil 28 dekabr kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Yortepa MFY Kuymozor QFY fuqarosi, 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchisi, shu tumandagi 39 – umumta’lim maktabining sobiq tarix fani o‘qituvchisi Sayfiddin Nuriddinov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv to‘g‘risida hisobot.

    2018 yil 28 dekabr kuni soat 10.00da Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Yortepa MFY Kuymozor QFY fuqarosi, 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchisi, shu tumandagi 39 – umumta’lim maktabining sobiq tarix fani o‘qituvchisi Sayfiddin Nuriddinov bilan NamMTI “Chet tillar” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi M.Nigmatov, shu kafedra o‘qituvchisi S.A’zamov va QXMT fakulьteti dekani muovini B.Abdusattarov tomonidan uchrashuv tashkil etilib, qishloq oqsoqollari, mahalla-ko‘y, qarindosh-urug‘, shu maktab jamoasi vakillari ishtirok etib, urush va mehnat faxriysini qizg‘in qutladilar, sovg‘a-salomlar topshirdilar. 
    Bir piyola choy ustida bo‘lib o‘tgan qizg‘in suhbatda Sayfiddin domla urush harakatlari va og‘ir vazityalar haqida xotiralarini xuddi hozirgidek eslab, gapirib berdilar. U kishi tumanimizdagi tirik qolgan yagona urush qatnashchisi hisoblanadi, shu bois ustozning xotiralari hammada katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, ustoz urushdagi buyuk g‘alabadan keyin ham yana 3 yil harbiy xizmatda bo‘lganliklarini, Yaponiya bilan boshlangan janglarda ishtirok etish uchun safarbarlikka ko‘ngilli sifatida yozilganlarida, uning bo‘linmalari G‘arbdagi hududlarni dushmandan tozalash va qayta tiklash ishlarida ishtirok etishga yuborilganini faxr bilan gapirib berdilar. Urush harakatlarida jami 8 yil ishtirok etishlari natijasida zobitlar bilan faqat rus tilida bexato va ravon so‘zlashganlari harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirgani haq gap ekanligi isbotlandi. O‘sha yillardagi halolligi, Vatan uchun jonini fido qilib janglarda ishtirok etgani evaziga “qahramon” nomini olgan ekan. Bu shunday suhbat ediki, tinglab turganlar bevosita o‘sha kunlar, voqealar ishtirokchisiga aylandik. Hozir ham u kishining orden va medallari son-sanoqsiz.
    G‘alabadan so‘ng Sayfiddin domla maktabda yoshlarga tarix fanidan mehr bilan saboq berdilar, kamina ham u kishining darslaridan 4 yil mobaynida bahramand bo‘lganman. Hozirda u kishining farzandlari, nabiralari, evara-yu chevaralari anchagina, ba’zilarini ismlarini adashtirib ham yuboradilar, xalq ardog‘idalar, el ichida o‘z o‘rniga egadirlar. Bunday insonni tom ma’noda “qahramon” deb atasa arziydi.
    Suhbat yakunida ustoz duoga qo‘l ochib, barcha mehmonlarga ezgu tilaklarini bildirdilar, to‘g‘ri va halol yashashga, mehnat qilishga, farzandlarni Vatanga, xalqimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga davat qildilar, esdalik uchun suratga tushishga ham ulgurdik(lavhalar ilova qilinadi).   
 

FOYDALI HAVOLALAR