Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Institutga rossiyalik vatandosh olim tashrif buyurdi

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 15.12.2018 15:10


INSTITUTGA ROSSIYALIK VATANDOSH OLIM TASHRIF BUYURDI

2018 yil 15 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti “Nazariy fizika” laboratoriyasi etakchi ilmiy xodimi, f-m.f.d., professor Avazbek Karimovich Nosirov tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida A.Nosirov institut talabalari hamda yosh tadqiqotchilari uchun “Fizika” fanidan master-klass o'tib berdi. Uchrashuv vaqtida professor Rossiya Federatsiyasi Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti faoliyati, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari to'g'risida, aspiranturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish bo'yicha ham uchrashuv ishtirokchilariga ma'lumotlar etkazdi. Uchrashuvda talabalar va tadqiqotchilar tomonidan ko'plab savollar berildi, takliflar va fikr-mulohazalar eshitildi. Institut hamda Rossiya Federatsiyasi Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti bilan o'zaro hamkorlik shartnomasi ishlab chiqildi hamda tez kunlarda imzolashga kelishib olindi.

FOYDALI HAVOLALAR