Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Ma’rifat kitob olami

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 09.12.2018 11:41


      Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Ma’rifat kitob olami” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda barpo qilingan “Kitob olami” do‘koni foydalanishga topshirildi. 
      Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi asosida tashkil etilgan ziyo maskanining taqdimot marosimida professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari hozir bo‘lishdi.
    Qayd etish joiz, joriy yil avvalida institutda o‘tkazilgan kitob yarmarkasida institut rektori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, professor Odiljon Mamatkarimov talabalarning talab-istaklaridan kelib chiqqan holda kitob do‘konini ochish kerakligini ilgari surgan edi. 
     Ziyo maskanidan 200 xil nomdagi 2 mingdan ziyod siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, badiiy kitoblar hamda turli kantselryariya mahsulotlarini xarid qilish mumkin. Shuningdek, tez orada bu erda “buk-kofe” tashkil etilib, kitoblarni mutolaa qilish imkoniyati yaratiladi. 
E’tiborlisi, yangi kitob do‘konining ish boshlashi natijasida 2 kishi ish o‘rni bilan ta’minlandi. Kelgusida institut ma’muriyati tomonidan eng ko‘p kitob mutolaa qilgan talabalar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

FOYDALI HAVOLALAR