Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 04.12.2018 17:45


   O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati Engil sanoat texnologiyasi fakulьtetida  “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi buyuk kelajagimizning xuquqiy asosi” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot haftaligi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi biz yoshlarga in’om etgan baxt” mavzusida rasmlar tanlovini o‘tkazildi.
     2018 yil 4-dekabrь kuni  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati Engil sanoat texnologiyasi fakulьtetida  “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi buyuk kelajagimizning xuquqiy asosi” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot haftaligi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi biz yoshlarga in’om etgan baxt” mavzusida rasmlar tanlovini o‘tkazildi.
Rasmlar tanlovini Fakultet dekani U.Meliboev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan talabalarni samimiy tabriklab, tanlov ishtirokchilarga omad tiladi. Shundan so‘ng, fakulьtetning yoshlar etakchisi N.Raximboev “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi biz yoshlarga in’om etgan baxt” mavzusidagi rasmlar tanlovini o‘tkazish bo‘yicha ishtirokchilar uchun tashkilotchilar tomonidan tuzib chiqilgan nizomni o‘qib eshittirdi, ishtirokchilarni qanday jixatlarga axamiyat berishi to‘g‘risida talabalarga batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
    Rasmlar tanlovida ishtirok etgan  “Dizayn” ta’lim yo‘nalishi 2u-17, 2u-18  guruh talabalari va tanlovda ishtirok  etishni xoxlagan faol va iqtidorli talabalar o‘z rasmalarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yoshlar uchun yaratib bergan imkoniyatlari, davlat ramzlariga xurmat, vatanparvarlik, yoshlik, bayram shkuxi, so‘ngi yillarda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar tasvirlangan rasmlarni taqdim etishdi.
Ishtirokchilar tomonidan chizilgan rasmlar fakulьtet raxbaryati tomonidan tuzilgan komissiya a’zolariga topshirildi. Rasmlar tanlovining yakuniy natijalari “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi buyuk kelajagimizning xuquqiy asosi” shiori ostidagi targ‘ibot haftaligining yopilish qismida e’lon qilinadi va g‘oliblar fakultet dekanati tomonidan qimmatbaxo va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Hukumat va davlat portallari