O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi buyuk kelajagimizning xuquqiy asosi
Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 04.12.2018 17:35
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan Engil sanoat texnologiyasi fakulьtetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi buyuk kelajagimizning xuquqiy asosi” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot haftaligi doirasida “Vatanni ximoya qilish- muqaddas burchdir” mavzusida 7254-sonli harbiy qism bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan Engil sanoat texnologiyasi fakulьtetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi buyuk kelajagimizning xuquqiy asosi” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot haftaligi doirasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida Vatan taqdiriga yuksak daxldorlik, shijoat va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Engil sanoat texnologiyasi” fakulьteti va 7254-sonli harbiy qism hamkorligida “Vatanni ximoya qilish- muqaddas burchdir” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida harbiy qism tomonidan xarbiylar hayotini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, talabalar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida shaxmat, arqon tortish, tosh ko‘tarish bo‘yicha sport musobaqalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati I.Xodjiev ishtrok etib, yig‘ilganlarga Konstitutsiyani yaratilish tarixi, kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbir so‘ngida fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini I.Ismailov so‘z olib harbiy qism komandiri Iqboljon To‘xtasinovga tadbirni tashkil etishda amaliy yordam bergani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelajakda ham mana shunday hamkorlik aloqalarini muntazam rivojlantirishga kelishib olindi.
Tadbir “Namangan” va “Sevimli” telivideniyalari tomonidan suratga olindi.