Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

6-sonli mexribonlik uyiga tashrif

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 03.12.2018 14:40


Namangan muhandislik-texnologiya instituti «Avtomatika va energetika » fakulteti 7au-17 gurux talabalarining 3-dekabrg’ “Butun jaxon nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Namangan shahridagi «6-sonli mexribonlik uyi»ga tashriflari

Bugungi kunda butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig`ida, ya`ni yettita kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud bo`lib, barcha nogiron-larning 100 milliondan ortig`ini bolalar tashkil etadi.

Har yili 3 dekabrg’ sanasida nogironligi bo`lgan shaxslar kunining nishon-lanishidan asosiy maqsad butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo`lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaat-lari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogiron-larning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta`minlab, barcha uchun ochiq va do`stona bo`lgan jamiyat qurishdan iboratdir.

O`zbekistonda ham nogironligi bo`lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to`laqonli a`zosi ekanliklarini ko`rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda.

Buni 1 dekabrg’ kuni O`zbekiston Prezidenti tomonidan “Nogironligi bo`lgan shaxslarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonning imzolanganida ko`rish mumkin. Ushbu farmonda avvallari nogironlarni kamsitish sifatida ishlatilgan “nogiron” so`zi o`rniga “nogironligi bo`lgan shaxs” iborasining qo`lla-nilishi belgilangan.

Bundan tashqari, ushbu farmonda nogironligi bo`lgan shaxslarga qulaylik yaratish uchun jamoat transportini panduslar, alohida joylar bilan, bekatlar va marshrutlarni eshittiruvchi, elektron ma`lumotlar tablolari kabi maxsus vositalar bilan jihozlash, ulardan erkin foydalanishni bosqichma-bosqich ta`minlash bo`yicha joylarda nogironligi bo`lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi va moslashuvi samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Namangan muhandislik – texnologiya instituti “Avtomatika va energetika” fakulteti tomonidan ham nogironlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. SHunday tadbirlardan biri sifatida Fakultetning yoshlari bilan ishlash bo`yicha dekan muovini E. Aliev boshchiligida 7au-17 guruh talabalari Namangan shahridagi Psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi  “Bolalar uyi”ga tashriflarini keltirib o`tish mumkin.

Ushbu savobli ishlar “3 dekabrg’ – Xalqaro nogironlar kuni” muno-sabati bilan munosabati bilan amalga oshirildi.

Ma`lumot uchun, dunyo aholisining “eng katta ozchiligini” tashkil etuvchi nogiron kishilar, odatda, nogiron bo`lmagan kishilardan farqli o`laroq, sog`ligi sustroq, ta`lim sohasidagi yutuqlari kamroq, iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan va moddiy sharoiti ham yomonroq bo`ladi. Buning sababi ular uchun yaratilgan qulayliklarning yetishmovchiligidir. Bunday yetishmovchilik ularning har kunlik hayotida ko`plab to`siqlarni tug`diradi.  

Xalqaro nogironlar kuni 1992 yilda qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining 47/3-raqamli qaroriga binoan nishonlana boshladi.

Hukumat va davlat portallari