Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Online dars mashgu'lotlari boshlandi

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 30.11.2018 15:00


INSTITUTDA ROSSIYA FEDERATSIYA OLIYGOHI BILAN HAMKORLIKDA ONLAYN DARS MAShG‘ULOTLARI BOShLANDI

     Namangan muhandislik-texnologiya instituti 2018-yilda Rossiya Federatsiyasining Saratov Davlat texnika universitetining Engels texnologiya instituti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan edi. Ushbu hamkorlik shartnomasi asosida 5320400 - Kimyoviy texnologiya, 5320300 - Texnologik mashina va jihozlar va 5311000 – Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo‘nalishlarda xamkorlikda kadrlar tayyorlash uchun talabalar 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul amalga oshirildi. 
    2018-yil 30-noyabr kuni qo‘shma Dastur bo‘yicha tahsil olayotgan Kimyoviy texnologiya ta’lim yo‘nalishi talabalar uchun Kimyoviy texnologiya fanidan onlayn mashg‘ulot o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotni Engelьs texnologiya institutidan t.f.d., professor Ustinova Tatьyana Petrovna olib borib, u mashg‘ulot davomida institut faoliyati, ta’lim jarayoni, olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Dars mashg‘uloti sifatli va samarali tarzda o‘tdi. Dars mashg‘uloti so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga professor tomonidan atroflicha javoblar berildi.   

 


 

FOYDALI HAVOLALAR