Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

O`zbekiston-rossiya ta`lim forumi o`z samarasini ko`rsatmoqda

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 15.11.2018 12:05


          18-19 oktyabr kunlari Toshkent shaxrida O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi tashkil etilgan edi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muaassasalari ishtirok etdi. Shu  jumladan Namangan muhandislik-texnologiya instituti ham ushbu forum  ishtirokchisiga aylandi. Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat bo‘lib, qo‘shma dasturlar asosida talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar almashish uchun zamin yaratishdir.

Forum doirasida “P.A.Kastichev nomidagi Ryazan davlat agrotexnologiya universiteti” va “Namangan muhandislik – texnologiya instituti”  o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida shartnoma imzolandi.

P.A.Kastichev nomidagi Ryazan davlat agrotexnologiya universiteti Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori pedagogika fanlari doktori, professor Lazutkina Larisa Nikolayevna Namangan muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Rossiya va O‘zbekiston o’liy ta’lim muassasalarining hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, o‘zaro kadrlar almashinuvini izchil yo‘lga qo‘yish, hamda maqsadli ilmiy izlanishlarni amalga oshirish rejasini tuzib chiqishdan iborat bo‘ldi.

Tashrifning ilk kunlari pedagogika fanlari doktori, professor Lazutkina Larisa Nikolayevna institutimizning professor-o‘qituvchilari va talabalari  bilan  uchrashib, P.A.Kastichev nomidagi Ryazan davlat agrotexnologiya universiteti bilan tanishtirdi. Universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, talabalarning bilim olish shakllari, ilmiy –izlanish  jarayonlarining olib borilishi haqida batafsil tanishtirib o‘tdi.

Tashrif   chog‘ida Namangan muhandislik – texnologiya instituti Magistratura bo‘limi boshlig‘i Firuza Nabijonovna Bayboboyeva  va Lazutkina Larisa Nikolayevna  o‘zaro hamkorlikda barcha magistrantlarga    “ Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning nazariy va amaliy asoslari”  mavzusida “Master klass”  tashkil etishdi.

FOYDALI HAVOLALAR