Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Fulbright dasturi bo‘yicha amerika elchixonasidan john brown va elchixona xodimlari tashrifi

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 08.11.2018 12:05


 

Fulbright dasturi bo‘yicha Amerika elchixonasidan John Brown va elchixona xodimlari tashrifi

8 noyabrь kuni institutimizda Fulbright dasturi bo‘yicha Amerika elchixonasidan John Brown va elchixona xodimlari tashrif buyurib, institut rektori professor O.O.Mamatkarimov qabulida bo‘lishdi. Tashrifdan maqsad, Fulbright dasturining grant asosida professor-o‘qituvchilar va talabalarga etkazishdan iborat bo‘ldi. Ushbu dasturda Amerika elchixonasidan John Brown hamda institutimiz hamkorlari Shannon Roach, Benjamin Erastein va elchixona xodimlaridan dasturning bir nechta grant dasturlari va xorijiy hamkorliklar asosida ma’lumotlar berdi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan birgalikda munozarali tarzda o‘tkazildi. Amerikada o‘qish, tajriba almashinish uchun ajratilgan grant dasturlari haqida yarmarka o‘tkazildi. Ushbu jarayonda professor-o‘qituvchilar va talabalarning qiziqtirgan barcha savollarga etarlicha javob berildi. O‘tkazilgan yarmarka juda qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. 

FOYDALI HAVOLALAR