Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Institut professor-o‘qituvchilari tojikistonda

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 31.10.2018 16:17


INSTITUT PROFESSOR-O‘QITUVChILARI TOJIKISTONDA

    2018 yil 23-27 oktyabrь kunlari institut ilmiy ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Obidov, “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri O.Sarimsakov va shu kafedraning professori X.Axmedxodjaevlar Tojikiston Respublikasiga xizmat safariga bordilar.
    Safar davomida institut xodimlari Tojikiston texnologiya universiteti, Dang‘ara Davlat universiteti hamda Kulob shahridagi texnologiyalar va innovatsion menejment institutlarida bo‘ldilar.  


    Institut xodimlari 24 oktyabr kuni Dushanbe shahridagi Tojikiston texnologiya universiteti o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, laboratoriyalar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar tanishdilar. Ular universitet talabalari uchun «Paxtani dastlabki ishlash» fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib bordilar.
    25 oktyabr kuni Dang‘ara shahridagi Dang‘ara Davlat universitetida ham xodimlar universitet faoliyati bilan tanishdilar hamda talabalar uchun dars mashg‘ulotlari olib bordilar. Tashrif davomida universitet bilan hamkorlik qiladigan Xitoy firmasiga qarashli to‘qimachilik korxonasida bo‘ldilar va ishlab chiqarish sharoitlari bilan tanishdilar. Tashrif so‘ngida Dang‘ara Davlat universiteti va Namagan muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.


    26-27 oktyabr kunlari institut xodimlari Kulob shahridagi texnologiyalar va innovatsion menejment institutiga tashrif buyurdilar. Oliy ta’lim muassasasida institut hayoti, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va o‘quv-ilmiy laboratoriyalar bilan tanishdilar. Institutda tashkil qilingan ilmiy-amaliy anjumani ochilish marosimida hamda sektsiyalarda bo‘lgan ma’ruzalarda faol ishtirok etdilar. Institut talabalari uchun to‘qimachilik va engil sanoat sohasi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘tkazdilar. Tashrif so‘ngida dotsent A.Obidov va professorlar X.Axmedxodjaev va O.Sarimsakovlar Kulob shahridagi texnologiyalar va innovatsion menejment instituti faxriy professori unvoni bilan taqdirlandilar hamda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.


    Institutimiz professor-o‘qituvchilarining Tojikiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga tashrifi qo‘shni Tojik xalqi bilan do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamladi, o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun asos yaratildi.

 


 

Hukumat va davlat portallari