Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Qizlar tarbiyasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 31.10.2018 15:24


Joriy yilning 31 oktyabrь kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutining  faollar zalida Qizlarning tarbiyasi, ma’naviy olamini boyitish va ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadda bir guruh soha mutaxassislari ishtirokida  davra suhbati tashkil etildi. 
Dastlab davra suxbatida Namangan muhandislik-texnologiya institutining yoshlar bilan bo‘yicha prorektori M.Qayumov so‘zga chiqib, o‘z so‘zida tashkil etilgan mazkur tadbirning ahamiyati nihoyatda dolzarbligi, qizlarimizni ma’naviy olamini asrab avlaylashimizni, ularni to‘g‘ri yo‘ldan boshlagan holda tarbiyalashimizni ta’kidlab o‘tdi. 
Shundan so‘ng, davra suxbatida  so‘z navbati “Respublika yoshlar markazi” Namangan viloyat bo‘linmasi mutaxassisi Mariya Tyanga berildi.  Mariya Tyan o‘z so‘zida mamlakatimizda yoshlarga xusuan, ayol-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida takidlab o‘tdi hamda tashkil etilgan uchrashuvning mazmun mohiyati bilan fakulьtet qizlarini yaqindan tanishtirdi. 
Institut xotin qizlar qo‘mitasi raisasi R.Ishoqova qizlar tarbiyasi, odob-ahloqi borasida istitutda olib borilayotgan ishlar haqida gapirib, kerakli tavsiyalarni berib o‘tdi. 
Navbatdagi so‘z “Sog‘lom oila shakllanishida psixologik jihatlar” mavzusidagi ma’ruza uchun Viloyat “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi maxsus huquqiy ishlar bo‘yicha mutaxassisi R.Usmonovga berildi. R.Usmonov o‘z so‘zida oilalarning buzulib ketish sabalari, qaynona kelin munosabatlari, qizlarning oilagacha bo‘lgan davrdagi ma’naviyati, qarashlari hamda oru-istaklari bo‘yicha bir qator ma’lumotlarni berdi. 
Shundang so‘z O‘zbekiston “Musulmonlari idorasi” Namangan shahar vakilligi bosh imom hatibi M.Abbosiddinovga berildi. M.Abbosiddinov o‘z so‘zida qizlarimizning bugungi kundagi xulqi, ma’naviyati, odobi qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
Davra suhbati davomida qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan atroflicha javob olishdi. Yoshlarni ayniqsa qizlarni turli zararli illatlar ta’siridan asrash, ma’naviy olamini boyitish, jinoyatchilik, giyohvandlik kabi zararli holatlar ta’siriga tushib qolmaslikka undovchi videofilm namoyish etildi. 
Tadbir so‘ngida Engil sanoat texnologiyasi fakulьtetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovuni I.Ismoilov barcha mutaxassislarga va mexmonlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi.  


Ma’murjon ERGASHEV,
Abror ABDULHAFIZOV
Engil sanoat texnologiyasi 
fakulteti talabalari

Hukumat va davlat portallari