Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

2018 yil 21 sentabrdagi pf

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 27.09.2018 18:15


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentabrdagi PF-5544-son Farmoni ijrosini ta’minlash bo’yicha 2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida tor doiradagi tartibda uchrashuv bo’lib o’tdi

    2018 yil 27 sentabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya instituti kichik majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentabrdagi PF-5544 sonli farmoni ijrosini ta’minlash bo’yicha 2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risidagi tor doiradagi auditoriyada “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash markazi” va “Intelektual mulk agentligi” mutaxassislari tomonidan seminar-treninglari bo’lib o’tdi.

    Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo’llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O’zbekiston Respublikasi jadal rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.

    Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo’lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.

    Shu bilan birga, o’tkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizatsitya, diversifikatsiya qilish, uning xajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini ko’rsatdi.

    Jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida mamlakatni jadal rivojlantirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini izchil ta’minlash maqsadida qator rejalar ko’rib chiqildi.

     Ushbu relarni amalga oshirish maqsadida strategiyaning asosiy yo’nalishlari(3-bob) belgilab olindi:

  1. Fan, ixtirochilik va texnologiyalar transferini rivojlantirish;
  2. O’zbekiston Respublikasida ilmiy faoliyat nufuzini oshirish;
  3. Texnologiyalar tranferi bo’yicha milliy va hududiy ofislarini tashkil etish.

    Seminar-trening davomida asosan jahonning ko’p mamlakatlarida bo’lganidek Intelektual mulk agentligining rasmiy bazalari faoliyati O’zbekistonda ham yo’lga qo’yildi. Ushbu bazalardan endilikda internet tizimi orqali keng foydalanish imkoniyatlari hususida bir qator ma’lumotlar berildi.

“Kimyo-texnologiya”

 fakulteti talabasi

O.Azimov

FOYDALI HAVOLALAR