Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Aqsh ning fulbrayt dasturi ...

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 24.10.2018 14:37


    24-oktabr kuni institutimizga AQSh hukumati ingliz tili dasturlari bo‘yicha direktor Jozef Bukbaynder,  AQSh elchixonasi ingliz tili dasturlari bo‘yicha Markaziy Osiyo hududiy direktori Timoti Kollins va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma`daniy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbari Kirstin Michener tashrif buyurib, institut rektori professor O.Mamatkarimov qabulida bo‘lishdi. Tashrifdan maqsad AQShning fulbrayt dasturi orqali institutimiz va AQSh elchixonasi bilan o‘rnatilgan aloqalarni rivojlantirishdan iborat bo‘lib, uchrashuv chog‘ida shu dastur orqali institutimizda hozirda ingliz tilidan dars berayotgan amerikalik mutaxassis Benjamin Arensteyn faoliyati, shuningdek istiqboldagi hamkorliklar bo‘yicha fikrlar bildirildi. Uchrashuvda shuningdek AQSh elchixonasi xodimlaridan Assem Vekimova va Umida Boltayeva hamda ushbu aloqalarning o‘rnatilishi va rivojlanishida asosiy tashabbuskor bo‘lgan institutimiz Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i N.Umarxonovlar qatnashdilar.

Hukumat va davlat portallari