Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Til - millatning ruxi

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 22.10.2018 08:54


 TIL - MILLATNING RUHI 

Til - millatning asosiy belgilaridan biri. Dunyoda xalqlar ko'p. Har bir xalq, avvalo, o'z tili, milliy urf-odat va an'analari, o'ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o'zligini namoyon qilishida tilning o'rni va ahamiyati beqiyos.

O'zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo'shib kelmoqda. Bunda ona tilimizning xizmati katta. Chunki bu til bo'lmasa, Mahmud Koshg'ariyning «Devoni lug'atit-turk» kitobi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiyning «Xamsa»si, Bobur Mirzoning «Boburnoma»si, Abdulla Qodiriyning romanlari, Cho'lpon va Abdulla Oripovning o'tli she'riyati yaratilmagan bolardi. Shuning uchun ona tilimiz millatimiz ruhining timsoliga aylanib ketgan.

Ona tili — ko'hna tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash, his-tuyg'ular evolyutsiyasini, ya'ni tadrijiy taraqqi-yotini ko'rsatadigan, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazadigan ko'zgudir. Shuning uchun o'z tilini yo'qotgan millat o'zligidan ham mahrum bo'ladi, ma'naviy zavolga yuz tutadi.

O'zbek tili rivojiga katta e'tibor berilgani natijasida Konstitutsiyamizda, «Davlat tili haqida»-gi Qonunda o'zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uni rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilab qo'yildi. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun mamlakatimizda til bayrami sifatida nishonlanmoqda.

            Shu munosabat bilan Namangan muxandislik-texnologiya instituti “Chet tillar” kafedrasi tomonidan 2018 yil 20 oktyabr kuni  filologiya  fanlari nomzodi, dotsent, xalqaro “Antik dunyo” va “Turon” fanlari akademigi Rahimboy Jumaniyozov Mamatkarimovich bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda til tarixi, tilimizga davlat tili maqomini berish yo'lida qilingan sa'y-harakatlar ishtirokchilariga she’riy tarzda etkazildi.

Diyorimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tilimiz rivojiga ham ijobiy ta'sir etayotganligi, uning lug'at xazinasi yangi so'z va tushunchalar bilan boyib, xorijiy tillar bilan aloqasi kuchayib boryatganligi, shuningdek, ilgari ta’qiqlab kelingan milliy merosimiz namunalarining qayta tiklanayotgani, muqaddas islom dini asoslari, umumbashariy qimmatga ega bo'lgan dunyo adabiyoti namunalarini tarjima qilish ishlari kuchaygani ham o'zbek tili imkoniyatlarini kengaytirilganligini Rahimboy Jumaniyozov Mamatkarimovich tomonidan ta’kidlab o’tdi. Shu bilan birga, ona tilimizning imkoniyatlaridan keng foydalanish, uning xalqaro maydondagi obro'-e'tibori va nufuzini yuksaltirish, eng zamonaviy soha va tarmoqlarda faol qo'llanishini ta'minlash bo'yicha ko'pgina ishlarni amalga oshirishimiz lozimligi ta’kidlandi.

Tadbirda Rahimboy Jumaniyozov Mamatkarimovich o’z ijod na’munalaridan o’qib berdi. Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollariga olim tomonidan ijobiy va aniq ma’lumotlarni olishdi.

Hukumat va davlat portallari