Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Vatan-muqaddas, uni ximoya qilish sharafli burchdir

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 18.10.2018 17:27


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-sonli qarori ijrosini ta'minlash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida Vatan taqdiriga yuksak daxldorlik, shijoat va fidoyilik tuyg'ularini shakllantirish maqsadida “Yengil sanoat texnologiyasi” fakulteti va 7254-sonli harbiy qism hamkorligida “Vatan-muqaddas, uni ximoya qilish sharafli burchdir” shiori ostida tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida talabalar va harbiy xizmatchilar o'rtasida sportning Voleybol, shaxmat, stol tenisi turlaridan musobaqalar, shuningdek, xarbiy vatanparvarlik mavzusida davra suhbati, harbiy qism tomonidan xarbiylar hayotini aks ettiruvchi ko'rgazmalar tashkil etildi. Ayniqsa, askarlar tomonidan namoyish etilgan qo'l jangi bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar talabalar tomonidan katta qiziqish uyg'otdi. Fakultetning Dizayn ta'lim yo'nalishi qizlari tomonidan askarlarni sur'atlari chizilib, taqdim etildi. Davra suhbatida harbiy qism komandiri Iqboljon To'xtasinov Qurolli Kuchlarimizning mamlakatimiz milliy mustaqilligi yo'lida va xalq erkinligi kafolatini ta'minlashdagi roli, armiya va xalq birligi, harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yoshlar tarbiyasidagi o'rni va ahamiyati haqida, harbiy xizmat sohasida olib borilayotgan islohotlar to'g'risida talabalarga ma'lumotlar berib o'tdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga harbiy qismning etuk mutaxassislari tomonidan to'laqonli javob olishdi. Tadbir so'ngida NamMTIning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor so'z olib harbiy qism komandiri Iqboljon To'xtasinovga tadbirni tashkil etishda amaliy yordam bergani uchun o'z minnatdorchiligini bildirib, institut jamoasi nomidan tashakkurnoma topshirdi hamda kelajakda ham mana shunday hamkorlik aloqalarini muntazam rivojlantirishga kelishib olindi. Tadbir “Sevimli” telekanali tomonidan sur'atga olindi.

 

 

FOYDALI HAVOLALAR