Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Namangan muhandislik-texnologiya institutida o‘tkazilgan tadbir 

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 06.10.2018 13:53


Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari texnologiyasi” fakul'tetida 2018 yil 5 oktyabr kuni “Namangan paxtachilik maktabi: tajriba, omilkorlik va natijadorlik” mavzusidagi O‘zbekiston Qahramoni unvoni sohiblari Xomidov Abdurayim ota va Mirzaeva Xatichaxon aya bilan yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rektori professor O‘zbekiston Oliy majlisi senati a'zosi O.O.Mamatkarimov kirish so‘zini aytib, Qahramonlarimizga institutimizga tashrif buyurganliklari uchun o‘z minnaddorchiliklarini bildirdilar va talabalarga kelgusida o‘z ish faoliyatlarida shu keksalarimizni izlaridan borib ular kabi matonatli, sabr qanoatli, o‘z ishiga fidoiy inson bo‘lib umr kechirish kerakligini takitladilar.
 So‘ng so‘z navbatini Xomidov Abdurayim otaga berildi, ota o‘z boshidan o‘tkazgan barcha qiyinchiliklar va o‘z davrining matonatli insonlari to‘g‘risida so‘z boshladi. Paxtachilik bizning boyligimiz va uni asrab avaylashimiz nes nobud qilmasdan yig‘ishtirib olishimiz kerakligini keng targ‘ib qildilar.  Inson har doim o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga intilib, yangiliklar yaratib hamda o‘z ish faoliyatida loqaytlikka yo‘l qo‘ymasdan yashashi kerakligi to‘g‘risida juda ko‘p takitladilar. 


So‘ng so‘z navbatini Mirzaeva Xatichaxon ayaga berildi aya o‘z so‘zida urush davrida kechirgan qiyinchilik kunlar xaqida va shu davrda faqat qorin uchun ishlashgani, o‘sha davrning siyosati xaqida bot bot gapirdilar. Mana, xozirgi kunda paxta terimiga jalb etish masalalariga yengillik kiritilgani va  har bir inson o‘z istagi bilan paxta terimiga qatnashayotganligi to‘g‘risida takidlab o‘tdilar. Shu davrning imkoniyatlaridan keng foydalanib, a'lo baholarga o‘qib o‘z istagan kasbining fidoiysi bo‘lib yashash insonga xuzur bag‘ishlashi va xalol yashash kerakligini targ‘ib etdilar.   
Tadbir davomida talabalar bilan juda ko‘p savol javoblar o‘tkazildi hamda ularni tashrif buyurganliklar uchun talabalarimiz tabrik so‘zlari va sovg‘alari bilan ularga institut nomidan minnaddorchilik bildirishdi.

Hukumat va davlat portallari