Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

“fan va texnikaning rivojlanishida zamonaviy innovatsion texnologiyalarning o’rni” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 28.09.2018 13:01


“FAN VA TEXNIKANING RIVOJLANISHIDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O’RNI” MAVZUSIDA VAZIRLIK MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2018 yil 27-28 sentabr kunlari Namangan muhandislik-qurilish institutining katta majlislar zalida “Fan va texnikaning rivojlanishida zamonaviy innovatsion texnologiyalarning o’rni” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori t.f.n., dots. Sh.Sh. Kenjaboyev kirish so’zi bilan anjumanni ochiq deb e’lon qildi. Dasturda fahrli mehmon O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi M.M.Kamilov axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, uning kelajakdagi o’rni va ahamiyati haqida so’z yuritdi hamda ertangi kun uchun zamonaviy innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga o’z hissamizni qo’shishda qimmatli fikr, muloxaza va tavfsiyalari bilan o’rtoqlashdi.

Anjumanda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish olib borildi:

  • Iqtisodiyot va menejment sohalarida ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyani rivojlantirishning innovatsion yechimlari
  • Qurilish, energetika, mashinasozlik kommunikatsiyalari, texnika va texnologiyalarini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari
  • Ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati

Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning zamirida yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va yuksak darajadagi misli ko’rilmagan imkoniyatlar Namangan muhandislik-texnologiya institutining professor-o’qituvchilari hamda talabalarini ham chetlab o’tmadi. Boisi, institutning bir qator talabalari jumladan “Muhandislik-rexnologiya” fakulteti II bosqich talabasi M.Abdurahmonova “Ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati” yo’nalishida o’zining “Innovatsion mustaqil ish tayyorlashning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati” mavzudagi maqolasi bilan ishtirok etib “Eng yaxshi innovatsion loyiha ma’ruzachisi” nominatsiyasiga loyiq deb topilib, maxsus sertifikat hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Ushbu yo’nalishda yana “Kimyo-texnologiya” fakulteti III bosqich talabasi O.Azimov o’zining “Nazariy bilim hamda ko’nikmalarni amaliyotda qo’llanilishida zamonaviy innovatsion yexnologiyalarning o’rni” mavzusidagi maqolasi bila ishtirok etib, “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasiga loyiq deb topildi va maxsus sertifikat hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

“Kimyo-texnologiya” fakulteti

talabasi O.Azimov

FOYDALI HAVOLALAR