Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Yoshlar spartakiadasi o‘tkazildi.

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 28.09.2018 17:10


Joriy yilning 28 sentyabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutining sport  zalida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan, viloyat spidga qarshi kurashish markazi, O‘zMTDP Namangan viloyat Kengashi hamda “Huawei” kompaniyasi hamkorligida  Yoshlarni sport o‘yinlariga ommaviy tarzda jalb qilish, jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik turmush hayotiga muhim vazifa sifatida kiritish, sog‘lom turmush tarziga rioya qiladigan vatanparvar, mas’uliyatli barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida “Yoshlar spartakiadasi” tashkil etildi.
Yoshlar spartakiadasini fakulьtet dekaning muovunlari I.Ismoilov hamda O.Yuldashevlar ochib,  sport musobaqasining maqsadi va tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirgan holda o‘z so‘zlarini yakunladilar. 
Shundan so‘ng, To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Z.Erkinov, Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri G‘.Ahmedovlar so‘zga chiqib, talabalarni sog‘lom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilishga, sportning barcha turlari bilan shug‘ullanishga chorlashdi. 
“Yoshlar spartakiadasi” musobaqalarining dastlabki sharti davomida talabalar guruhlarga bo‘lingan holda “Arqon tortish” yo‘nalishida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazib oldilar. Shart yakuniga ko‘ra institutning TSMT yo‘nalishi 4bu-16 guruhi o‘z tengdoshlarini ortda qoldirdi. 
Navbatdagi shart “Basketbol savotchasini nishonga olish” deb nomlandi. Mazkur shart davomida ham talabalar bor mahoratlarini ko‘rsatishga urinishdi. Har bir ishtirokchiga 5 marotabadan imkoniyat berildi. Shart yakuniga ko‘ra 4u-16 guruhi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 
Shuningdek, uzunlikka sakrash, 100 mert masofaga yugurish kabi shartlar ham murosasiz tarzda o‘tkazildi. 
Musobaqa yakunidagi taqdirlash marosimida institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori M.Qayumov so‘zga chiqib, talaba yoshlarni sport bayrami bilan samimiy tabrikladi va ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 
Shuningdek spartakiada doirasida yoshlarni sog‘lom hayotga chorlash va ularni har tomonlama barkamol inson bo‘lib etishishlariga ko‘maklaish maqsadida ijodkor yoshlar o‘rtasida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazilib, mazkur tanlovda 20 nafardan ortiq ijodkor-talabalar ishtirok etishdi. 
Bundan tashqari shu kuni viloyat Spidga qarshi kurashish markazi mutasaddilari ishtirokida guruhlar kesimida spid kasalligining alomatlari, insoniyat salotmatigining jiddiy kushandasi ekanligi haqida talabalar xabardorligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi. 
Musobaqalar va targ‘ibot tadbirlari yakuni bo‘yicha  4au-16 guruhi 3 o‘rin, 4u-16 guruhi 2 o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, mutloq g‘olib deb 4bu-16 guruhi topildi. G‘oliblarga “Huawei” kompaniyasi tomonidan Y32017 rusumli telefon apparati sovg‘a qilindi. 
Bir so‘z bilan aytganda Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari o‘tkazilgan barcha loyihalardan bir olam taassurotlarga ega bo‘lishdi. Sportni, sog‘lom hayotni kun tartibidagi birinchi masalaga aylantirishga ilk qadamlarni tashlashdi. Institutda mana shunday tadbirlar davom etmoqda. 

 

 

 


 

FOYDALI HAVOLALAR