Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Talabalikka bag‘ishlov

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 28.09.2018 17:40


Namangan muxandislik-texnologiya instituti
 “Engil sanoat texnologiyasi” fakulteti tomonidan institut 
faollar zalida o‘tkazilgan “Talabalikka bag‘ishlov” 
tantanali tadbirning
 

Joriy yilning 27 sentyabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutining faollar zalida  “Engil sanoat texnologiyasi” fakulьteti tomonidan 2018-2019 o‘quv yilida, o‘qishga qabul qilingan talabalarning “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbir marosimi tashkil etildi.
 Dastlab davra suxbatida Namangan muhandislik-texnologiya instituti,
 “Engil sanoat texnologiyasi” fakulьteti dekani U.X.Meliboev tadbir mazmuni, maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanligi to‘g‘risida tanishtirgan holda “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbir marosimini ochib berganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasi yangradi.
 Shundan so‘ng, fakulьtetning Tafakkur sinovlari respublika tanlovi ishtirokchilari, “Kelajak bunyodkorlari” jamoasining institut hamda fakultet bundan tashqari, qo‘lga kiritilgan natijalar to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilgan badiiy chiqishlari, sporchi va iqtidorli yoshlarning chiqishlari hamda “Kelajak bunyodkorlari” jamoasining videoroligining namoyishi bilan tantanali tadbir marosimi boshlandi.
 Shuningdek, “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali marosimning 
asosiy qismiga o‘tgan holda ramziy “Qasamyod” qabul qilishlari uchun 
navbat birinchi bosqich talabalariga berildi. 2018-2019 o‘quv yilida yangi talabalar safiga qabul qilingan talabalar  tomonidan ramziy qasamyod qabul qilindi. Talabalar tomonidan ramziy qasamyod qabul qilinganidan so‘ng,  talabalarga ramziy kalit va guvohnomalar topshirish marosimi o‘tkazildi. Ramziy kalit va guvohnomalarni talabalarga “Engil sanoat texnologiyasi” fakulьteti dekani U.X.Meliboev tantanali ravishda topshirdi.
 Bundan tashqari, “Engil sanoat texnologiyasi” fakulьtetining 
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini I.Ismailov tomonidan 
2018-2019 o‘quv yilida davlat granti hamda to‘lov shartnomasi 
asosida talabalar safiga qabul qilingan talabalarning buyruqlari o‘qib eshittirildi. 


“Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbir marosimini ramziy qismi yakunlangach navbat, “Engil sanoat texnologiyasi” fakulьtetining bir guruh faol talabalari tomonidan saxnalashtirilgan badiiy qismga berildi.
Badiiy dastur davomida 7u-17 guruh talabasi Nosimjonov Xumoyunmirzo, 15bu-18 guruh talabasi Saidxo‘jaev Jasurbeklar tomonidan jonli ijroda musiqiy chiqishlar tomoshabinlar e’tiboriga namoyish etildi. Shuningdek, tadbirning badiiy dasturida Muxsinova Muslimaxon
tomonidan ham ajobiy raqs namoyish etildi.
Badiiy dasturlarning dastlabki qismi namoyish etilganidan so‘ng, “Engil sanoat texnologiyasi” fakulьteti  fakultet va guruh etakchilari 
uchun, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi tomonidan  yo‘llangan ishonchnomani institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 
rektor o‘rinbosari M.Qayumov o‘qib eshittirgan holda taqdim etdi. Fakultetning faol guruh etakchilari vakili sifatida 7u-18 guruh talabasi E.Yusufjanov qabul qilib oldi.
 Bundan tashqari, Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik-tanlovining 
institut chempionlari “Engil sanoat texnologiyasi” fakulьtetining “Everest” jamoasi tomonidan tayyorlangan badiiy saxna ko‘rinishlariga navbat berildi. Shuningdek, talabalarga ma’naviy ozuqa berish maqsadida  fakultetning “Ziyo talabalar teatr studiyasi” tomonidan saxnalashtirilgan “Oila qadri” nomli qisqa metrajli spektakil namoyish etildi.
“Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbir marosimining yakunida fakultet faoli M.Ergashev tomonidan telegram mesenjeri orqali e’lon qilingan talabalar hayotiga oid “Eng yaxshi fikrlar” shiori ostidagi tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 3 bosqich 8u-16 guruh talabasi M.Raxmonjonov tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 
Shuning bilan, “Engil sanoat texnologiyasi” fakulьtetining yuqori saviyada tashkil etilgan “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbir marosimi yakunlandi.