Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

"Yong‘in xavfsizligini ta’minlash. Ish joyida va yashash xonadonlarida yong‘in xavfsizligi qoida va talablariga amal qilish" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 26.09.2018 16:27


 Namangan muhandislik-texnologiya institutining Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda Namangan viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 26 sentyabr kun sohaga oid mutaxassislarni jalb etgan holda institut professor-o‘qituvchilari va “Muhandislik-texnologiyasi” fakultetining faol talaba yoshlari ishtirokida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash. Ish joyida va yashash xonadonlarida yong‘in xavfsizligi qoida va talablariga amal qilish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda 165 nafar ishtirokchi qatnashdi.
 Seminarda sohaga oid mutaxassislar tomonidan viloyatda sodir bo‘layotgan yong‘inlar, elektr va issiqlik energiyasi, ko‘mirdan xavfsiz foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Seminar davomida “Ish joyida va yashash xonadonlarida yong‘in xavfsizligi qoida va talablariga amal qilish” bo‘yicha tayyorlangan xujjatli film namoyish etildi.

FOYDALI HAVOLALAR