Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Yangiliklar

Namangan muhandislik-texnologiya institutiga aqshdan mutaxassislar tashrif buyurishdi

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 12.09.2018 11:15


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorida belgilangan vaziflarani bajarish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

2018 yilda institutga Malayziya, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Portugaliya kabi davlatlar Oliy ta’lim muassalari hamda ilmiy tadqiqot markazlaridan 10 ga yaqin olimlar tashrif buyurdilar.

Jumladan, 2018 yil 3 sentabr kuni AQSh, Texas xalqaro ta’lim markazi professori Ravi Prokash Dani tashrif buyurdi. Professorning institutga tashrifidan asosiy maqsad Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash soxasi talabalari uchun “O‘simlikshunoslik va paxtachilik” fanidan 40 soatlik dars mashg‘ulotlarini olib borishdir hamda u talabalar uchun muvaffaqiyatli olib bormoqda. Bundan tashqari professor R.Dani 2018 yil 4 sentabr kuni soha professor-o‘qituvchilari uchun o‘z tajribalaridan kelib chiqib master-klass o‘tib berdi. R.Danining tashrifi chog‘idan dars mashg‘ulotlari bilan bir qatorda AQSh, Xindiston OTMlari va institutimiz o‘rtasida video konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari 2018 yil sentyabrdan 1 yil muddatga AQShning Kolumbiya universitetidan ekspert-o‘qituvchi Benjamin Arensteyn tashrif buyurdi. Bu o‘qituvchi ingliz tili fanidan talabalar uchun dars mashg‘ulotlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun master-klasslarni amalga oshirib kelmoqda. 

FOYDALI HAVOLALAR