Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2019 yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Faoliyat

Ilmiy tadqiqotga oid e'lonlar

“RESPUBLIKA YOSh OLIMLARINING INNOVATSION LOYIHALARI” GRANT TANLOVI

 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Respublika yosh olimlar Kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan joriy yilning 1-noyabrь sanasi respublikamiz Oliy ta’lim muassasalari, Ilmiy tadqiqot markazlarining bakalavriat, magistratura, doktoranturada taxsil olayotgan va mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 18-35 yoshdan oshmagan yoshlari o‘rtasida start-up, innovatsion va amaliy loyihalarini maqsadli qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

 “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi:

 1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar;

 2. Tabiiy fanlar;

 3. Aniq fanlar;

 yo‘nalishlaridagi innovatsion loyihalarni 2018 yil 25 oktyabrь kuniga qadar Toshkent shahar, Qatortol ko‘chasi, Ma’muriy hudud binosi 60 B-uy “Respublika yosh olimlar Kengashi”da qabul qiladi. Grant loyihasi 6 oyga mo‘ljallanib, tanlov natijasiga ko‘ra har bir g‘oliblar 10 000 000 (o‘n million so‘m) so‘m mablag‘ bilan taqdirlanadi.

Yo'nalishlar bo'yicha
Kerak bo'ladigan hujjatlar to'plami