Al Farobiy Qozoq Milliy universitetining tarix fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishildi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti delegatsiyasi Al Farobiy Qozoq Milliy universitetining tarix fakultetida bo’lib, tarix fakulteti dekani tarix fanlari doktori professor Nogaybayeva Mendigul Sagatovna, kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda professor-o’qituvchilar o’rtasida tajriba almashinuvi, talabalar almashinuvi, xalqaro qo’shma loyihalarni tashkil etish, ilmiy va o’quv jarayoni bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Muhokama chog’ida ilmiy maqola va kitoblarni birgalikda nashr qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Universitetga tashrif buyurgan professor-o’qituvchilar tomonidan talabalar uchun o’quv mashg’ulotlari ham olib borildi. Shu bilan birgalikda universitet kutubxona, laboratoriya, muzeylari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Translate »