“Startap” loyihalarni shakllantirish bo’icha seminar – trening

Namangan muhandislik-texnologiya institutida joriy yil 25 sentyabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilib borilayotgan “Startap” loyihalar tanlovlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” nizom asosida tegishli me’yoriy xujjatlarni shakllantirish va yuborish bo’yicha seminar-trening o’tkaziladi.
Seminar-treningga barcha iqtidorli talabalar, doktorantlar, tadqiqotchilar va yosh olimlar taklif etiladi.
Seminar-trening o’tkazilish manzili Namangan muhandislik-texnologiya instituti 3-o’quv binosi, 313-auditoriya. Seminar-trening boshlanish vaqti – 1000 .

Translate »