Namangan muhandislik-texnologiya instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Faoliyat

Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

 Biz ma’lumki, “Til – millatning asosiy belgilaridan biridir. Dunyoda xalqlar ko‘p. Har bir xalq, avvalo, o‘z tili, milliy urf-odat va an’analar, o‘ziga xos turmush tarzibilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o‘zligini namayon qilishda tilning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. O‘zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qushib kelmokda. Bunda ona tilimizning xizmati kattadir. Binobarin, ona tilimiz - ko‘hna tariximiz, hayot-baxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash, his –tuyg‘ular evalutsiyasini, yaniy tadrijiy taraqqiyotini ko‘rsatadigan, ajdodlar merosini avlodlarga etkazadigan ko‘zdir.
 Joriy yilning 2018 yil 20 oktyabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutining faollar zalida talaba-yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Til –millatning ruhi” ruknida f.f.n, dotsent Xalqaro “Antik dunyo” va “Turon” akademiyasining akademigi Rahimboy Jumaniyozov ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M.Qayumov, “Tillar” kafedrasi mudiri D.Hoshimova, dekan va dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar hamda 235 nafar talaba-yoshlar qatnashdilar.
 Tadbirni “Tillar” kafedrasi mudiri, f.f.d. D.Hoshimova ochib, tadbir ishtirokchilarini bayram tadbirgi bilan qutladi. Shundan so‘ng, f.f.n, dotsent Rahimboy Jumaniyozov “Til –millatning ruhi” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbirda Rahimboy Jumaniyozov Mamatkarimovich o‘z ijod na’munalaridan o‘qib berganligi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga olim tomonidan ijobiy va aniq ma’lumotlarni berishi tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.