Наманганский институт инженерных технологий

Yangi kirib kelgan 2019 yil muborak bo'lsin.

Наманганский институт инженерных технологий

2018 - год поддержки эффективного предпринимательства, инновационных идей и технологий

Yangiliklar

Institut professor-o‘qituvchilar uchun seminar tashkil etildi.

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 04.01.2019 17:47


“Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida institut professor-o‘qituvchilar uchun seminar tashkil etildi

Bugun 2019 yilning 4 yanvar kuni soat 14:00da institutning barcha professor-o‘qituvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi 87-03-4549-sonli xatiga muvofiq “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida seminar o‘tkazildi. 
Seminarda institut rektori O.Mamatkarimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Israilov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i B.Negmatovlar oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, tendentsiyalar, xalqaro tajribalar yuzasidan taqdimot qildilar. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z taklif va muloxazalarini bildirdilar.