Наманганский институт инженерных технологий

Yangi kirib kelgan 2019 yil muborak bo'lsin.

Наманганский институт инженерных технологий

2018 - год поддержки эффективного предпринимательства, инновационных идей и технологий

Yangiliklar

Institut rahbar xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Muharrir NamMTI Matbuot Xizmati | 04.01.2019 16:02


“Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida institut rahbar xodimlari uchun seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi 87-03-4549-sonli xatiga muvofiq, 2019 yilning 3 yanvar kuni institutning barcha rahbar xodimlari uchun “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda institut rektori O.Mamatkarimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Israilovlar oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan taqdimot qildilar.